O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan 
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. 
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 31-modda
.


67
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, 
«Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga 
qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday 
missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor 
bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar». 
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning 
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda 
qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, 16 
diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Diniy bag‘rikenglik tamoyillari
. O‘zbekistonda qaror topgan diniy 
bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
Birinchidan,
respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat 
vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat, 
bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ikkinchidan,
milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda 
mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik 
borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va 
madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli 
haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda 
millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda.
Uchinchidan,
millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi 
uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va 
davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv 
va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi.
To‘rtinchidan,
mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil
bag‘rikenglik tushunchasi mavjud: 
formal
– tashqi ko‘rinishdagi bag‘ri-
kenglik va 
ichki
– pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishi-
ning diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni 
anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo 
etadi. Bugungi O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda 
o‘zining to‘liq ifodasini topgan.


68

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin