O`zb tarix 11 узб indd


IV BOB.  O‘ZBEKISTONDA ETNIK VA KONFESSIYALARARO



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

IV BOB. 
O‘ZBEKISTONDA ETNIK VA KONFESSIYALARARO 
MUNOSABATLAR
8-mavzu.
 O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik
Millatlararo totuvlik g‘oyasi. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida 
yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro 
hurmat va 
hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik 
g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni tili, urf-
odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, 
milliy va etnik ko‘rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifi y 
g‘oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko‘tarayotgan svili-zatsiyalararo 
to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g‘oyasi 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Turli millat vakillari.
Yodda tuting!
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 8-moddasida 
«O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida belgilanb qo‘yilgan.
Bugun O‘zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo 
totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda. 
Ruslarning «Maslennitsa», tatar-boshqirdlarining «Sabanto‘y», uyg‘ur-
larning «Sayil» bayramlari, xitoylarning «Chunuze» yangi yili, koreys-
larning «Soller» va «Ovol – tano» bayramlari nishonlanmoqda. Har yili 
res-publikamiz miqyosida «Biz yagona oila farzandlarimiz», «Vatan 
yagonadir, Vatan bittadir», «O‘zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi 
festivallar o‘tkazilmoqda. 
O‘zbekistonda millatlararo mu-
nosabatlar
. O‘zbekiston hududida 
o‘z madaniyati va o‘z an’analariga 
ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va 
ellat vakillari yashaydi. Ular ham 
mamlakatning barcha fuqarolari qatori 
bir xil huquq va majburiyatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Kons-
titutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatilga-


62
nidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha 
millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini 
ta’min-laydi, ularning rivojlanishi uchun sha-roit yaratadi.
Ko‘pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik 
va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish
bo‘lishi zarur. Mustaqillikning ilk 
kunlaridanoq milliy siyosatning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildiki, ayni shu 
siyosat milliy bag‘rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi. 
O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini 
qondirish uchun milliy-madaniy markazlari (MMM) faoliyat yuritadi. 
Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, ar-
manlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan. 
Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali 
faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni 
yil sayin ortib bordi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin