O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Atamalar izohi
!
Skrining 
– (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta 
va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish. 
Infratuzilma
– Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti 
uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan 
turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.
davomi 
bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni 
paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi 
shartlari joriy etildi. Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar 
va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada 
kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda 
aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat 
qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga 
qo‘shimcha ravishda xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch 
qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) hamda aholi zich joylashgan tumanlarda 
hovlidagi imoratlari bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer 
uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali, shu bilan birga, 
maydoni 0,04 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki 
qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi.
Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda 
uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar 
xodimlari uchun arzon turarjoylar qurilib, egalariga topshirilmoqda. 
Savol va topshiriqlar
:
1. 
«Bolalarni asraylik» tashkiloti reytingida O‘zbekiston qanday o‘ringa ega 
bo‘ldi?
2. Internet ma’lumotlaridan foydalangan holda, bugungi kunda turar-
joylarning qanday turlari mavjudligini ayting.
3. Keksalarni qadrlash borasida 2017-yilning o‘zida amalga oshirilgan 3 ta 
asosiy tadbirni sanang.
4. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Bolalar himoyasi
Keksalar himoyasi
Onalar himoyasi


61

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin