O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Keksalarni himoya qilish
. Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand 
qismini, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy-
muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Xususan, 2005-yil – «Sihat-salomatlik yili»da 2 mingga yaqin yolg‘iz nuro-
niyning uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa 
fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- 
ning 2006-yildagi «2007–2010-yillarda
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogiron-
larni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va 
ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada 
kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi 
to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, «Nuroniy» 
jamg‘armasi hisobidan, aholining ijti-
moiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, 
faxriylarning davolash maskanlariga, «Sa-
xovat» va «Muruvvat» uylariga dori-dar-
mon vositalari yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy 
bo‘limlari bilan hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi.
Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli 
«Nuroniy» shifoxonasi xizmat qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi 
kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokim-
liklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg‘iz keksalar va 
Sh.Mirziyoyev II jahon urishi 
qatnashchilari bilan.


57
nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizdagi barcha «Saxovat» va «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari 
hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy 
yordam berib boriladi. 
2015-yilda ham Keksalarning hayot darajasi va sifatini 
yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini 
kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush 
va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida, 2015-yil «Keksalarni e’zozlash 
yili» deb e’lon qilindi. 
Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat 
qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy kurortlarda 
davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda. 
Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi 
aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik 
darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining 
amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat 
tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy 
tamoyillar yanada takomillashtirildi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin