O`zb tarix 11 узб indd


Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. 
Aholining ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Islom 
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini 
ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati 
ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash 
yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini 
keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi.
Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda 
davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi. Ijtimoiy siyosat 
O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan 
biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, 
unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z 
aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi.
Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib 
kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining 
to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining 
keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol 
bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat 
mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. 
Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali 
nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur 
tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqala-
rini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin