O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Konvertatsiya – 
(lot

convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy 
valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va 
cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.


53
Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda 
aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan 
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, 
ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi 
daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining 
pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy 
ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, 
qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 
foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan 
ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, maishiy xizmat ob’yektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va 
hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining 
ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
Yodda tuting
!
Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni 
tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million 
kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa 
O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda 
uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.
Yodda tuting
!
2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million 
kishini tashkil qiladi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan, 
shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ni, qishloq aholisi 49,4 % ni 
tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta 
bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari 
hisoblanadi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan 
koʻprogʻi yashaydi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va 
turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi.
Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, 
maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va 
kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha 
davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida 


54
ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan 
eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin