O`zb tarix 11 узб indd


Umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tizimi



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

 Umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tizimi
Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi
. Madaniy-ma’naviy 
rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon 
talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini 
egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. 
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Bu dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning
burch va mas’uliyatlari aniq belgilab 
berildi. Mustaqillikning dastlabki yilla-
rida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi 
xodimiga davlat uylari, 22 mingdan 
ortiq xodimga esa tashkilot va muas-
sasalar tasarrufidagi uylar bepul xusu-
siylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq 
pedagog xodimga shaxsiy qurilish 
uchun yer maydonlari ajratildi. Qish-
loqlarda istiqomat qiladigan pedagog 
xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan 
bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik, 
kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib 
beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha
amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori 
bilan 1-oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda 
bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Maktab binosi. 1991–2000 yillar.


72
O‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, 
dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar 
joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin