Mavzuning qisqacha mazmuni: Nutq odobi – umumiy axloqni belgilovchi mezon. Nutq madaniyati va adabiy me’yor o‘lchovi fanning asosidir.
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo‘lib, so‘zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo‘llaniladigan so‘z shakllari, materiallar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy hodisa esa undagi tovushlardir.
Nutq bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayon. Til birikmalari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo‘lishidir. Nutq harakatdagi til bo‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi va so‘z birikmalari, erkin birikmalar, so‘z tartibi va gaplardan tashkil topadi.
Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlar tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha odob va nafosat talablari bilan aloqador tushunchadir.
Dostları ilə paylaş: |