O`rta Osiyo xalqlari boy axloqiy merosga ega hisoblanadi. Demak, axloqni belgilovchi nutq odobiga rioya qilish bizning xalqimizga ajdodlardan qolgan meros. Ota-bobolarimiz qadimgi davrlardan boshlab axloqiy tarbiyaga katta e`tibor berganlar. Odobli so`zlash uchun ham avvalo o`zbek adabiy tili me`yorlarini mukammal o`rganmoq zarur. O`qituvchi nutqi adabiy til me`yorlariga to`la mos kelishi uchun bu adabiy me`yorlarni u mukammal o`rganmog’i hayotiy zaruratdir. Agar o`qituvchi nutqi adabiy til me`yorlariga to’la mos kelsa bu o`quvchilarning yutug’idir.
Chunki bola ustozidan ta`lim oladi, hattoki unga taqlid ham qiladi. To`g’ri, boshqa soha vakillaridan ham adabiy til me`yorlariga rioya qilgan holda so`zlash talab etiladi. Ammo o`qituvchi kelajak avlod tarbiyachisi sifatida bola dunyoqarashini shakllantiradi. Shuning uchun ham o`qituvchi har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda o`z nutqiga e`tiborli bo`lmog’i talab etiladi.
Adabiyotlar: 1. Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002. 2. Qo`ng`irov R, Begmatov E. Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1992. 3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993. 4. Begmatov E., Boboyev A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. T., 1983. 5. Tojiyev Yo, Hasanova N, Tojimatov H, Yo`ldosheva O. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1994. 6. www.ziyonet.uz