8. Grafik (yozuv) me`yorlari: Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo`lib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat. 9. Punktuatsion me`yorlar: Bu me`yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so`roq belgisi, ko`p nuqta, qo`shtirnoq, qavs) 10. Uslubiy me`yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma`qulini qo’llash adabiy tilning uslubiy me`yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto`g’ri foydalanish, so`z takror ayrim eskirgan so`zlarni qo`llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi.