Nekronimlarning nomlanish xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, qandaydir bir joyni nomlashda aynan o‘sha joyga xos bo‘lgan xususiyatlarga tayaniladi. Geografik obyektlarning nomlarini belgilashda arxivga oid, tarixiy, mahalliy aholi turmushining geografik, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Nekronimlar ham aynan shu xususiyatlarni o‘z ichiga olgan holda nomlangan. Masalan nomlanish xususiyati doirasidan guruhlarga ajratadigan bo‘lsak:
1.Shaxsning xususiyatlari jihatidan nomlangan nekronimlar: Ko‘zli Ota qabristoni va masjidi misolida tahlil qildigan bo‘lsak, ushbu nekronimlar ko‘z qarashlarida ayrim xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs asos qilib qolingan.
2.Diniy unvoni jihatidan kelib chiqib nomlangan nekronimlar: Shayx Sharofaddin Bobo qabristoni, Shayx Abdulla Bog‘dodiy qabristoni, Eshon Buva qabristoni, Shayx Muxtor Valiy qabristoni misolida ko‘rib chiqdigan bo‘lsak shu davrda, ma’lum bir hududda shayxlik va eshonlik bilan shug‘ullangan va shuhrat qozongan shaxslar nomi asos qilib olingan.
3.Kasb-kori jihatidn nomlangan nekronimlar:Qiziqchi Buva qabristoni misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak shu paytda yashab qiziqchilik bilan shug`ullangan mashxur shaxs nomi asos qilib olingan.
4.Yashab turgan hududi jihatidan nomlangan nekronimlar: Shayx Abdulla Bog`dodiy qabristoni misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak Bog`dod shaxrida yashagan va shayxlik bilan shug`ullangan mashxur shaxs nomi asos qilib olingan.
Yuqorida ko‘rsatilgan misollar orqali geografik ob’ektlarni nomlanish jihatlarini ko‘rib chiqdik va ularni boshqa bir yo‘nalishda, ya’ni tarkibida o‘xshashlik bo‘lgan, qarindoshlik xususiyati mavjud bo‘lgan qabriston nomlari kabi guruhlarga ajratib ham o‘rganish mumkin.
Nekronimiya ko‘lami doirsida o‘rganiluvchi ko‘lam bu nekrologlar hisoblanib, ular asosan qabrtoshlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Nekrologlar ham o‘z ichida guruhlarga ajratiladi:
1.Falsafiy tarzda yaratilgan nekrologlar: “الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ “ . “Аlbatta, biz Аllohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz” 2.Bag`ishlov tarzida yaratilgan nekrologlar: “Nurli simoyingiz hamisha yodda
Biz bormizki borsiz hayotda” kabilardir.
O‘zbek nekronimiyasi hali hamon o’z yechimini topishni kutayotgan sohalardan biri hisoblanadi va chuqur tadbiq qilib o‘rganishni talab qiluvchi yo‘nalishlardan biridir.