Monolog –
o’qituvchining
o’ziga
yoki o’quvchilarga qaratilgan nutqi
(ichki va tashqi monolog)
Dialog –
o’qituvchi
va o’quvchi
o’rtasida
tashkil
etiladigan
suhbat
Polilog –
o’qituvchi va bir
nechta o’quvchi
yoki o’quvchilar jamoasi o’rtasidagi suhbatni
ifodalovchi nutq
O’qituvchi nutqining asosiy shakllari Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari Ovoz kasalligining sabablari:
a) yuqori ovozda gapirish;
v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik; g) ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir.
b) ovoz apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik;
Turli xil ovoz kasalliklarining oldini olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2-3 soat davomida kam va sekin gapirishi kerak. 3-4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam berish kerak.
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari Tomoqni qurib qolishidan saqlash uchun mutaxassislar soda va yod eritmasi bilan halqumni chayqab turishni tavsiya etadilar. Quyidagi maslahatlar ham o‘qituvchilarga foydali: 1. Bir xil tonda gapirish ovoz muskullarini charchatib qo‘yadi. Agar har xil, ifodali belgilar bilan gapirilsa, ovoz apparatlari sog`lom bo‘ladi.
2. Bo‘r-melning mayda changlari ovoz paylari uchun juda ham zararli, doimo doskani ho‘l latta bilan artish kerak.
3. Dars bergandan so‘ng, agar havo sovuq bo‘lsa, tez yurmaslik kerak. Chunki, sovuq havo xalqumni yallig`lantiradi.
Nutqning tezligi, alohida bo‘g`inlarning va so‘zlarning jaranglashi, shuningdek, nutq ritmidagi pauzalarga rioya qilish nutqning ritmini tashkil etadi. K.S.Stanislavskiyning ta’kidlashicha, intonatsiya va pauzaning o‘zi, so‘zdan ham ortiqroq eshituvchiga hissiy ta’sir etar ekan. Nutq tezligi o‘qituvchining individual xususiyatlariga, nutq mazmuniga va muloqot vaziyatiga qarab o‘zgaradi.