Topshiriqlar
1-topshiriq: So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida to’rtta gap tuzing, gapdagi lo’gik va leksik urg’ularni aniqlang.
Играть, проходить, четыре, десять, лес, растение, правый, спросить, товарищ.
2-topshiriq:Quyidagi so’zlarni o’qing, talaffuz hamda yozilishiga e’tibor bering va so’z urg’usini qo’ying.
Mudir, muhim, mumkin, ko’mir, temir, pushti, umid, muxbir, kulgi, tulki, to’siq, to’lqin, og’il.
3-topshiriq: Quyidagi so’z birikmalarini o’qing. o, a, i tovushlarining talaffuziga e’tibor bering va urg’ularni belgilang.
Qon tomiri, qora qosh, oppoq qor, qaror qilmoq, baland qayrag’och, chiroyli qaldirg’och, qarag’ay daraxti.
4-topshiriq:Quyidagi so’zlarga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qing.
Qon, qop, qor, qoch, qaysi, qal’a, qamchi, qani, qaror, qayrag’och, qaldirg’och, qarag’ay.
14-mavzu: O’zbek yozuvi tarixidan
Reja:
1. Yozuv turlari haqida qisqacha ta’rif.
3. Alifbolardagi o’zaro farqlar.
4. Lotin imlosiga ko’chishning nazariy va amaliy ahamiyati.
Dastlab nutq faqat og’zaki shaklda bo’lgan.Kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum davrida hayotiy zaruriyat natijasida asta-sekin yozuv yaratilgan.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar.Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib,jahon xalqlarining 30foizidan ziyodi shu yozuvni qo’llaydilar.
Eramizdan oldingi V–IV asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatidamixxat ishlatilar edi. Hozirgi eramizdan boshlabso’g’d yozuviishlatila boshladi. Bu yozuv taxminan VI asrgacha davom etgan. V–VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O’rxun-Enasoy yozuvidan foydalanishgan.
O’rta Osiyoning bizga ma’lum eng qadimgi mahalliy xalqi sak va massaget urug’lari bo’lib, ularning ham o’z yozuvlari mavjud edi.Ana shu yozuvdan qadimiy va sug’d yozuvlari yaratilgan.
Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo’g’ulistonning O’rxun vodiysidan topilgan.Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O’rxun-Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. 1893-yili daniyalik olim N.Tomsen va rus olimi B.B.Raddov qadimgi turkiy yozuvinio’qishga muvaffaq bo’lgan.
1970-yillargacha turkiy yozuv eramizning VI – VII asrlarida shakllangan degan fikr yetakchi edi. Keyingi topilmalar turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o’tmishdan izlamoq kerak,degan xulosani chiqarishga asos bo’ldi. 1988-yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Lo’mbitepa yodgorligidan ko’za topildi.Uning bandi sirtiga qadimiy turkiy bitik o’yib tushirilgan ekan.Bu bitik VII – VIII asrlarga oid turkiy obidalardan yosh jihatdan qariyb I – II asrcha qadimiyroqdir.Bu yozuvlar Rim yozuvlariga o’xshab ketganligi uchun run(runik) yozuvlari deb ham yuritiladi.
O’rta Osiyoda uyg’ur yozuvi ham mavjud bo’lgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning qadimgisi Yusuf Xos Xojibning “Qutadgu bilig” asarning Vena kutubxonasidagi nusxasidir. Ahmad Yugnakiyning “Hibat – ul–haqoyiq” (“Haqiqatlar armutoni”), Xorazimiyning “Muhabbatnoma”, Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg’ur yozuvida yozilgan.
Uy’gur yozuvi X – Xvasrlarda mavjud bo’lib, arab yozuvi bilan ma’lum davrgacha baravar ishaltilgan.
720 yildan arab yozuvi tarqala boshlangan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular Yusuf Xos Xojibning “Qudatg’u bilig” asarning Namangan va Qohirada nusxalaridir. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu–lug`oti–turk” asari ham arab yozuvida yozilgan.O’zbeklar tahminan 1250yil davomida arab alifbosidan foydalanishgan.
Dostları ilə paylaş: |