O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə65/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1.Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatining uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti, bormoqchi. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo’lib keladi.
2.Buyruq-istakmaylidagi fe’llar ish-harakat haqidabuyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar –(a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), - sinlarqo’shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o’qiy, yozgin, yozsin, o’qiylik, boring(iz).
3.Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatining bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va–saqo’shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak.
Bu maylidagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzi-istak (Qani endi, o’qishga kirsam), iltimos, maslahat (O’sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomgir yog’sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibti), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar ekan fe’li bilan qo’llansa, shart ma’nosiga istak ham qo’shiladi: o’qisa ekan
4.Maqsad maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo’ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o’tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: kelmoqchi, bormoqchibo’lyapman, bormoqchi bo’laman.
To’liqsiz fe’llar
O’zining lug’aviy ma’nosini yo’qotib, yordamchi so’zlarga yaqinlashib qolgan fe’llarto’liqsiz fellar deyiladi. Bularga: edi, ekan, emish, emasso’zlari kiradi. Bu fe’llar tuslovchi qo’shimchalarni olishi, bo’lishli-bo’lishsizlikni ifodalashi, qisqargan shaklda kelishi, gapda esa bog’lama vazifasini bajarishi mumkin: edim, ekanman, emassan, emishmiz, edi, ekan, emish (bo’lishli), emas (bo’lishsiz): kelgan edi – kelgandi, borgan emas – borganmas va b. Otasi ishchi ekan (bog’lama)

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin