-O’tgan zamon hikoya fe’llari–(i)b qo’shimchasini olgan fe’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kelibman. -O’tgan zamon maqsad fe’llari–moqchi qo’shimchasi va edi(ekan,emish) fe’llarini tuslash yordamida yasaladi: kelmoqchi edik,kelmoqchiekanlar,kelmoqchi emishsiz. -O’tgan zamon davom fe’llari–(a)p qo’shimchasi va edi(ekan,emish) fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelar eding,kelar ekansan: kelar emishlar. 2.Hozirgi zamonfe’llarinutq paytining o’zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatini bildiradi va ikki turga ajratiladi:
-Hozirgi zamon davom fe’llari–yap, -moqda, -yotir qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: kelyapti, bormoqda.Bu zamon turi yot, tur, yur,o’tir ko’makchi fe’llari yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o’qib yuribdi, gaplashib o’tiribdi. -Hozirgi-kelasi zamon fe’llari–a yoki –yqo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: boraman, kelasan, o’qiyman. 3.Kelasi zamon fe’llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatini bildiradi va ikki turga ajratiladi:
-Kelasi zamon maqsad fe’llari–moqchi qo’shimchasi yordamida yasaladi: bormoqchiman,kelmoqchisan. -Kelasi zamon gumon fe’llari –(a)p qo’shimchasi yordamida yasaladi: borarman, kelarsan, oqirman. Zamon shakllarining bir-biriga ko’chishi 1) o’tgan zamon –di bilan yasalgan shakli kelasi va hozirgi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayoqqa ham bordik. 2) –gan bilan yasalgan shakl hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Birov kitob o’qigan, kimlar shaxmat atrofida. 3) hozirgi zamon fe’lining kelasi zamon ma’nosida qo’llanishi ket, bor, yubor, boshla kabi fe’llar doirasida uchraydi: Bularni boshqa polkka yuboryapmiz. 4) hozirgi zamonning o’tgan zamon ma’nosida qo’llanishi ko’p uchraydigan holatdir: Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibti.