Oilamvamen. Oila — mo‘jazgina bir jamiyat, deydi dono xalqimiz, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq. Oilaning insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘liqligi uning o’rtasidagi eng qutlug‘ vazifa — hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlashida yaqqol ko‘rinadi. Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o‘zida sinovdan o‘tkazadi. Yaxshilarini o‘z bag‘rida asrab avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Islom manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bor. Oilaning zimmasidagi muqaddas burchlarning biri — ulkan tarbiya o‘chog‘i ekani shunda namoyon bo‘ladi. Oila o‘z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang‘ich ijtimoiy yo‘nalish beradi. O‘z farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qo‘shish bilan esa oila jamiyat yo‘nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma’rifatini ham belgilashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. «Millatlar sharafini yuqori martabaga ko‘taradigan narsa, — deb ta’kidlaydi sharq donishmandlaridan biri, — millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo‘r bo‘lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz yoki bo‘lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz oiladir. Oila intizomsiz bo‘lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o‘rniga tubanlik negiz quradi...» Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib kelingan. Xususan o’zbek oilalarining ser ildizlik, serbutoqlik xususiyatlari avval qanday bo‘lsa, hozir ham boshqa millat kishilarida xuddi shunday ham hayrat, ham hurmat uyg‘otgan xususiyatlardir. O’zbek oilalarining tuzilishiga nazar solsak, uning katta Vatan ichidagi mo‘jaz Vatan ekanligiga ishonch hosil qilamiz
“Oila” kalit so`ziga tuzilgan klaster (taxminiy variant) singil
uka