Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-an’anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo’l mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo’jaligida hozir ham muhim o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 30 martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonibu borada yangi imkoniyatlar ochdi.
O’zbekistonning qadimiy shaharlari. Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi.
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan.
O’zbekistonning zamonaviy shaharlari Toshkentning buyuk o‘tmishi haqida guvohlik beruvchi ulkan me’moriy obidalar, shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan, mustaqillik yillarida barpo etilgan muhtasham zamonaviy binolar, muxtasar aytganda, poytaxtimizning boy tarixi va hozirgi taraqqiyoti “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan to‘plamda aks etgan. “Toshkent – bir shahar tarixi” deb nomlangan ushbu nashr Toshkentning 2200 yilligiga bag‘ishlangan. To‘plam shahar yubileyini xalqaro miqyosda nishonlashda faol ishtirok etayotgan nufuzli tashkilot – YUNESKO bilan hamkorlikda chop etilgan.
Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazibugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana ko‘plab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.