O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə105/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Mumtoz adabiyot salohiyati.
Sayfi Saroyi - oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
Lutfiy- 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Xorazmiy- Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.


Xalq og’zaki ijodi durdonalari.
Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq,maqol,matal,topishmoq,afsona,rivoyat,asotir,ertak,latifa,lof,lapar,termalar,doston,askiya,tez aytish,masal,alla,yor-yorlar, kelin salomlar va h.k.
O’zbek san’ati kamoli.
Aktyorlik san’ati - aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish san’ati. Aktyor ma’lum rolda o‘ynar ekan, o‘z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe’l-atvorini, ichki dunyosi va instituti-lishlarini ifodalaydi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur san’atlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qo‘shdilar. Ushbu san’atlarni mukammal egallagan R. Pirmuhamedov, R. Hamroyev, N. Rahimov, Sh. Burhonov, Ya.Sarimsoqova, O. Jalilov, H. Uma-rov, Yo. Axmedov, P. Saidqosimov, O‘. Alixo‘jayev, D. Qambarova, I. Ergashev, Yo. Sa’diyev, T. Shokirova kabi aktyorlar avlodi yetishdi. 60—90-yillarda O‘zbek A.sda ijodiy yo‘nalishlar ko‘paydi, te-atrda, teleradioda, sirkda ijod qiluvchi ijrochilarning bir-birlariga ta’sirlari kuchaydi. O.Norboyeva, E. Komilov, G.Jamilova, H. Nurmatov, R. Ahmedova, M. Abduqunduzov, T. Mo‘minov, M. Raja-bov kabi aktyorlar mavjud an’analarni o‘zlashtirish yo‘lidan bordilar.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin