Ma’lumotnoma. Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjat ma’lumotnomadir.
Mazmuni va xususiyatiga ko‘ra xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnoma farqlanadi.
Xizmat ma’lumotnomalarida muassasa yoki xo‘jalik faoliyatiga bog'liq bo‘lgan holat va voqea-hodisalar to’g'risida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar beriladi. Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo yilishi lozim. Masalan: «Litsey O‘qituvchilarining soni haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana ko'rsatiladi. Masalan: «2017 yil oktabrdagi holatga kо‘rа» kabi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular yo'llangan idora yoki shaxs nomi ko'rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so'nggida mа’Iumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l shakli orqali ifodalanishi lozim (ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi kabi).
Litsey direкtori
S. Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
tushgan shikoyatlar haqida
Ma’lumotnoma 2016—2017- o'quv yilining ikkinchi yarmida litseyning ikkita yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo'lib, bu ehtiyojlar o'z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati
Shu’ba raisi (imzo) N. Mahkamov.
Ma'lumotnoma shakli
MA’LUMOTNOMA
Men, (ma’lumotnoma beriluvchining lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi), haqiqatdan ham, biror vazifada ishlashini yoki o`qishini tasdiqlovchi fikr. So`ralgan joy nomi ko`rsatiladi.
(Imzo) ismi, familiyasi
muhr
sana
TILXAT Tilxat
Men, (tilxat beruvchining lavozimi, ismi, otasining ismi, fa-miliyasi), (birornarsa beruvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasi) -dan (olgan narsasining nomi, miqdori, zarur bo’ lganda bahosi, texnik holati) oldim.
(Imzo) ismi, familiyasi
sana
Tilxat Men, Hakimov Asror Egamberdievich guruhdoshim O`rinboev Davron Rustamovichdan bir oy muddat (2017 yil 24 noyabrdan 24 dekabrgacha)ga ishlatib turish uchun 3.000.000 (uch million) so`mlik HP 4540s markali kompyuterni o`rta holatda oldim.
(imzo) Hakimov Asror