O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


-mavzu: Qo’shma gap va uning turlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə91/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

45-mavzu: Qo’shma gap va uning turlari.
Reja:
1.Bog’langan qo’shma gaplar.
2.Ergash gapli qo’shma gaplar.
3.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.


Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo'shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko'rindi.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo'shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi.
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar o'zaro bog'lovchilar, yuklamalar, ko'makchilar va fe'l shakllari hamda ohang orqali bog'lanadi.
Mazmun munosabati va bog'lovchi vositalarining qo'llanishiga ko'ra qo'shma gaplar 3 xil bo'ladi: bog'langan qo'shma gaplar, ergash gapli qo'shma gaplar va bog'lovchisiz qo'shma gaplar.
Ergash gapli qo’shma gaplar
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya'ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo'shma gap ergash gapli qo'shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novdako'karar. Ergashgan qo'shma gapda bosh gap va ergash gap bo'ladi.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go'yo(ki) kabi ergashtiruvchi bog'lovchilar, fe'lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko'makchilar, ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli) turli vazifadagi ko'rsatish olmoshlari, kim - u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o'sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma'nosini bildiradigan so'roq olmoshlari va ko'rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so'zlar, sababli, tufayli, deb so'zlari orqali bog'lanadi:
1. Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir.
2. Hosil to'kin bo'lsa, to'ylar to'xtamas.
1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gapdir. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo'shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog'lovchisi va fe'lning shart mayli qo'shimchasi -sa hamda so'roq va ko'rsatish olmoshlari (kimki – u, kimki – o'sha, kimki- o'zi, nima – o'sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog'lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba'zan bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga ayonki, siz o'z oilangizdasiz. Bu gapda shu (ega) tushirilgan.
2. Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap bo'lib, u bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo'shma gapni hosil qiladi: Uch og'a-ini botirlarning eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydilar. Kesim ergash gaplar bosh gapga -ki bog'lovchisi, o'rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshlari yordamida bog'lanadi. Ba'zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin.
3. To'ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan to'ldiruvchini izohlagan ergash gapdir. To'ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gapni tashkil etadi. To'ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog'lovchisi, shart mayli qo'shimchasi -sa yordamida bog'lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo'lmaydi. Kimda gumoning bo'lsa, uni ko'zdan qochirma.(O.) Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to'ldiruvchilar qatnashadi.
4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo'lib kelgan olmosh va ayrim sifatlarni izohlab kelgan ergash gapdir. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan -ki bog'lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko'pincha aniqlovchi bo'lib kelgan shunday,ayrim, ba'zi so'zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo'shimchasi -sa bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o'sha, uning, ba'zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo'ladi) bog'lanadi:
1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so'zi gavhardir.
2. Kimning ko'ngli to'g'ri bo'lsa, uning yo'li ham to'g'ri. Ba'zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin:Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
5. Payt ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gapdir. Payt ergash gap bosh gap bilan payt ergash gapli qo'shma gapni tashkil etadi. –sa, -sa ham, -b(-ib), -gach, -guncha, -ganda, -r(-ar) ekan bog'lovchi vositalari, shuningdek, ko'makchilar, chunki, agar, go'yo(ki), toki bog'lovchilari qatnashgan gaplar esa ha r doim ergash gap hisoblanadi.
6.Ravish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirgan ergash gapdir. Ravish ergash gap bosh gap bilan birga ravish ergash gapli qo'shma gapni tashkil etadi: Bog'lovchi vositalar: -b(-ib), -may, -masdan, deb. Yulduzlar bitta-bitta so'nib, ufq oqara boshladi. Naimiyning biror ishi o'ngidan kelmasdan, umri bekorga o'tib ketdi.(As.M.) Chambil obod bo'ldi deb, kelayotir Avazxonday zo'ravon.(F.Y.)
7. O'xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o'xshatish yo'li bilan bildirgan gapdir. U bosh gap bilan birga o'xshatish ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning o'zi kuylaydi.
O'xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o'xshatish yo'li bilan bildirgan gapdir. U bosh gap bilan birga o'xshatish ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning o'zi kuylaydi
8.Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish- harakatning nima
maqsadda yuzaga kelishini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi. Bog'lovchi vositalar: deb, -sin deb, -di deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. G'o'za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqizildi.
9. Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi. Qayrilishlar tobora ko'payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Bu uylar ilgari bedaxona bo'lganidan, darchasi ham yo'q edi:Shuning uchun. anidan gani uchun, -ganidan keyin, qagan bo'lsa kerak, mi, chunki, negaki, gach...
10. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo'shma gap deyiladi. Bog'lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda(edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi, bo'lmasa, yo'qsa, -may, bo'lay desang, -sinki: Agar suv bo'lsa, cho'lu sahrolar bo'stonga aylanadi.
11.To'siqsiz ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo'lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to'siq bo'la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga to'siqsiz ergash gapli qo'shma gap deyiladi. Bog'lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchnd, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(-ib), -gani holda, -di hamki, xoh...xoh (-sa -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo'lsa ham, kunduzning yorug'ligi hali so'nmagan edi. Ba'zan garchi so'zi qo'llanishi mumkin.
12.Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo'shma gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog'lovchisi yordamida bog'lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so'zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so'zlar qo'llanishi mumkin: Do'l bir zumda shunday yog'diki, er oppoq bo'lib ketdi. Azimboy shunday zulm o'tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to'ldi.
13. O'rin ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish o'rnini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birgalikda o'rin ergash gapli qo'shma gap deyiladi: Qaerda intizom kuchli bo'lsa, shu erda tartib bo'ladi. Bog'lovchi vositalar: -sa (qaerdan, qayga, qaerga, qaerda, shu erda, o'sha erda, shunda, shu erga, shu erdan, u erda) –mang, masin, ekan: Qaerda suv bo'lsa, o'sha yerda hayot bo'ladi.
14. Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildirgan ergash gapdir. Bu gaplar bosh gap bilan birga miqdor-daraja ergash gapli qo'shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus olardim. 1. ....qancha.....-sa, ....shuncha.... . 2. ...qanchalik...-sa, ..shunchalik.. 3. ...qancha.....-sa, ...shunchalik.... . 4. qanchalik..-gan sayin,..shunchalik


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin