O‘zbek tili va adabiyot metodikasi yo’nalishi 20/5 guruh talabasi yuldasheva sevaraning malakaviy amaliyot hisoboti



Yüklə 478,5 Kb.
səhifə2/4
tarix30.09.2023
ölçüsü478,5 Kb.
#150667
1   2   3   4
sevara hisobot

O’quv ishlari
Pedagogik amaliyot boshlanganda ta’lim muassasining ichki tartib qoidalari, xavfsixlik texnikasi qoidalari bilan tanishdim. Ta’lim muassasi direktori, ilmiy bo’lim mudiri va ma’naviy ishlar bo’yicha direktor muovini bilan suhbatlashdim. Menga biriktirilgan 5- sinf o’quvchilari bilan tanishdim.Sinf rahbarlik ish faoliyatini yaqindan o’rgandim. Keyingi kunlarda darslarni kuzatib va dars tahlilini olib bordim. Bir nechta ochiq darslarni kuzatdim:

  1. 5-sinf adabiyotfanidan “Erkin Vohidov”ni hayotiva ijodi haqida o’tkazilgan ochiq darsda o’quvchilar shoirhaqida ma’lumotlar aytishdi va tarqatma materiallardan unumli foydalanildi.

  2. 5-sinf adabiyotida “Erkin Vohidov” haqida ochiq darsni kuzatdim. Bu ochiq dars davomida sinf o’quvchilari guruhlarga bo’lib turli metodlar yordamida o’tkazildi. Mavzu o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qoldi.

  3. 5-sinf ona tili fanidan “Gap bo‘laklari” mavzusidagi ochiq dars vaqtidan unumli foydalanildi va o’quvchilarning o’zlari tomonidan guruhlar o’rtasida savol javoblar o’tkazildi.

Ochiq darslarni kuzatish davomida o’zim uchun bir nechta o’qituvchilardan kerakli ko’nikmalarni oldim. Darsni to’g’ri tashkil etish va metodlardan, ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanishni o’rgandim.
18-aprel 2023-yilda 5-sinfga adabiyot fanidan Erkin Vohidovning "Nido" dostoni mashg’ulotini olib bordim. Bu darsda AKT dan va mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” metodidan foydalandim. Uyga vazifani so’rashda savol-javobdan foydalandim.
20-aprel 2023-yilda 5-sinf ona tili fanidan "matn va uning turlari"mavzusida dars olib bordim. Bu mavzuni o’tishda ko’proq o’quvchilarga eslab qolishlari oson bo’lishi uchun ko’rgazmali qurollardan foydalandim. Darslikda berilgan topshiriqlarni o‘quvchilarga uyga vazifa qilib berdim.
Ma’naviy ishlar.
Malakaviy amaliyot mobaynida 11–umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirlar va davra suhbatlarida qatnashib bordim.


  1. Aprel oyida MuhammadYusuf tavallud ayyomi munosabati bilan 8-9-10 –sinf o`quvchilari ishtirokida bellashuv tashkil etildi.

  2. Har haftaning birinchi dushanbasida ona tili va adabiyot fanidan yuqori sinf o`quvchilari ishtirokida “Zakovat ” o`yinlari tashkil etildi.

  3. 29-aprel sanasida 9-sinf o`quvchilari ishtirokida “Kitobxonlik ” mavzusida bellashuvlari tashkil etildi.Unda o`quvchilar jamoa tarzida ishtirok etishdi Bellashuv 3 bosqichda o`tkazildi.

1: Savol-javob
2: Krassvord
3: kitobxonlik
Quyidagi tasvirlar orqali 8-9-10sinflar o‘rtasida tadbirdan lavhalar keltirdim.Bu bo‘lib o‘tgan tadbirimizda 9-sinf o‘quvchilari 26.75 ball to‘plab 1-o‘rinni egallashdi. 13.5 ball to‘plab 10-sinf o‘quvchilari 2-o‘rindi, 10.75 ball bilan8-sinf o‘quvchilari 3-o‘rindi egallashdi. Bu tadbirimizning mutloq g’olibi deb 9-sinf o‘quvchilari e’lon qilindi va “Maqtov yorlig’i” bilan taqdirlandilar.
Amaliyotim davrida ona tili óqituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bólgan turli o'qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni órgandim. Shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish metodlarini dars jarayonida qo'llashni va eng muhim, haqiqiy pedagog sifatida óquvchi bilan tóg'ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzatdim. Ona tili o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishini, darsni tog'ri tashkillashda, mavzuga mos bo'lgan materiallar va ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi o'quvchini o'z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qandey qilib qiziqtirishni o'rgandim. Bunga qo'shimcha yana dars vaqtini to'g'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o'tishni o'rgandim va amalda sınab kórdim. Bunda menga ustozlardan o'zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo'l keldi.

Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillashda, vaqtni to'g'ri taqsim qilish,ochiq dars o'tish davomida nimalarga e'tibor qaratish lozimligini hamda qandey tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan órgandim.


Shu bilan birga maktabdagi hat hafta bo'ladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim .Maktab óquvchilari tomonidan ótkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o'tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini ózlashtirdim. Ishonamanki, ushbu amaliyotim davrida ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim, hamda keyingi bosqichlarda ózlashtiradigan kónikmalarim menga o'z kasbim bóyicha kelajakada yetim mutaxassis muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.





Yüklə 478,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin