Guruhlar savollarga javob beradilar.
1.Undalmaning ostiga qanday chiziladi?Kirish so`zlarning ostiga-chi?
2. Kirish so`zli gaplarda tinish belgilari qanday qo`yiladi ?
3. Kirish so`zlar gapning qaysi o`rinlarida kelishi mumkin ?
4.Undalma deb nimaga aytiladi?
1-guruh.Undalma gapning boshida kelishiga gap tuzadi.Namuna:O’quvchilar , darsga kechikmasdan keling.
2-guruh.Undalma gapning oxirida kelishiga gap tuzadi.Gapimga quloq sol, Shahina.
3-guruh.Undalma o’rtasida kelishiga gap tuzadi.Sen, Shahina, nega darsga qatnashmayapsan?
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
220-mashq.Undalmalar topiladi va ularga izoh beriladi.
221-mashq.Kirish so’zlarning ishlatilish o’rinlariga diqqat qilinadi.Ular anglatayotgan ma’no aytiladi. Undalmali gaplar daftarga ko’chiriladi.
Bolalar, ehtimol, siz Cholbolani ko'rmagandirsiz? Cholbola aslida chol emas, bola. Yo'q, bola emas, chol.
222-mashq.
O g’ayni
O shna ,birga dars tayyorlaymizmi?
Do’st
O’rtoq
Jo’ra
Dadajon, bugun kitob olib berasizmi?
Dugonajon, biznikiga kel, kitob o`qiymiz.
,,Undalma va kirish so’zlar ishtirok etgan she’riy jumlalar topish” o’yini
1-guruh.--Oyi, buning barini
o’zi qurganmi dadam?
--Yo’q, og’lim, dadang emas,
Buni qurgan ko’p odam.
2-guruh.
Yurtim, she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun
Olam aro atagan tanho.
Test
1.Undalmali gapni aniqlang.
A) Qalb boshdan ham ko'ra to'g'ri aql beradi.
B) Zamon ishsiz va yalqov odamlarning beomon dushmanidir.
C) So'z doriga o'xshaydir, ortiqchasi zarar keltiradi.
D) O'g'lim oting nedir? - deb so'radi mo'ysafid
2.Quyidagilarning qaysi biri sodda gap?
A) Insonlarda umid bo'lmasa edi, hayot lazzati yo'qolardi.
B) Quyosh nuri iflos joyga tushgani bilan qadrsizlanmaydi.
C) Biror ishni boshlab yuborish oson, ammo uni oxiriga yetkazish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. D) Baxt-iqbol sekinlik bilan, baxtsizlik esa tez keladi.
3.Qaysi javobda to'ldiruvchi uyushib kelgan?
A) Sherali qo'rqmas va kamtar, kamgap, va qaysar bola edi.
B) Ayol g'amgin , lekin sirli ko'zlarini bir nuqtaga qadadi
C) Manzura goh kuladi, goh yig'laydi D) U qalam, daftar va ruchka oldi.
4. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -da qo'shimchalariga qaysi qatorda to'g'ri ta'rif berilgan?
A) Ot yasaydi B) Sifat yasaydi C) Yuklama D) Ravish yasaydi.
5."O'zing, navbahorim, ayt". Gapida navbahorim qanday so'z?
A)undalma B)so'roq so'z C)modal so'z D) ta'kid so'z.
V.Baholash:
Rag’bat kartochkalari orqali g’olib guruh aniqlanadi.O’quvchilar baholanadi.
VI.Vazifa: 223-mashq
Dostları ilə paylaş: |