Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish
Bu hodisa bir narsaning nomi bilan uning biror qismi (bo‘lagi)ni atash yoki, aksincha, qismning nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni atashdir. Mas, olma, anor, bodom kabi mevalar (qism) nomi bilan shu mevalarni anglat
uvchi daraxtlarni atash, qo‘l so‘zi bilan shu a’zodagi bir qism (barmoq)ni atash sinekdoxa asosidadir.
Bu yo‘l bilan nom ko‘chishda bo‘lak (qism) nomining butun nomiga o‘tishi asosiy holat bo‘lib, butun nomining bo‘lak (qism) nomi bo‘lishi bir-ikki so‘zdagina uchraydi.
Ma’lumki, borliqdagi narsalar juda oddiy va juda murakkab komponentli bo‘lishi mumkin. Bunday narsa-predmetlar o‘zidagi hohlagan qism (komponent) nomi bilan atalavermaydi, balki u komponent shu narsadagi asosiy, uni harakterlovchi bo‘lsagina bo‘lak nomi butunga ko‘chishi (butun bo‘lak nomi bilan atalishi) mumkin.
Ba’zi adabiyotlarda metaforaning bir turi sifatida e’tirof etilgan sinekdoxa hodisasi, asli metonimiyaning bir ko‘rinishidir. Chunki sinekdoxada ham metaforalardan farqli ravishda o‘xshashliqdan ko‘ra zamon va makonda bog‘liqlik, aloqadorlik jihatlari ustun keladi, Bunda butun orqali qism yoki qism orqali butun, yohud ko‘plik orqali birlik birlik orqali ko‘plab ifodalanishi kuzatiladi.
Har kun ajal bilan kelib yuzma-yuz, Har kun omon qolgan mo‘jiza kelbat, Har kun erkaklarda tirilgan oy yuz, Har kun xotirada joylangan suvrat1.
ushbu satrlarda ham sinekdoxa hodisasini kuzatishimiz mumkin. Bunda
"oy-yuz" deyish bilan go‘zal qizga ishora qilinadi. "Chiqmaysanmi, -deb, - ey qora ko‘z!"
Qiz eshigin tak-taq urardi.
"Yo‘q, yo‘q!" - derdi idroki, biroq Eshik taraf undardi oyoq.
Ushbu satrlarda ham "qora ko’z", "idrok", "oyoq" leksemalari orqali butun inson (qiz) ifodalanmoqda. Quyidaga satrlarda ham ushbu hodisa kuzatiladi.
Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi
Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o‘xshashlik asosida ko‘chirilishi funksional ko‘chirish deyiladi.
Funksional ko‘chirish ham o‘xshashlik asosida bo‘ladi. Bu jihatdan u metafora yo‘li bilan ko‘chirishga juda yaqin turadi. Farq shundaki, metafora yo‘li bilan ko‘chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko‘rinish jihatidan, material jihatdan o‘xshashlik asosga olinsa» funksional ko‘chirishda vazifa jihatidan o‘xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasidagi uchish uchun xizmat qiluvchi a’zo qanot deyiladi. Shunga o‘xshash vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan.
Shuningdek, ilgarilari ko‘mir leksemasi «ko‘mib yondirish usuli bilan
1 Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 35-б.
o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» ma’nosini anglatar edi.Hozir esa «yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» ma’nosiga ko‘chdi. Endi bu ikki ma’nodan asosan keyingisi ko‘p uchraydi. Yuqoridagi yoqilg‘ining ikki turini farqlash lozim bo‘lib qolsa, bular sifatlovchi keltirish yo‘li bilan farqlanadi: pistako‘mir, toshko‘mir deb nomlanadi.
Yana misollar: chiroq (qora chiroq — sham chiroq — kerosin bilan yonadigan, shishali chiroq—elektrolam-pochka), siyoh (yozuv uchun ishlatiladigan qora rangli suyuqlik)—siyoh (yozuv uchun ishlatiladigan suyuqlik, rangi har xil bo‘laveradi) kabi.
Funksional ko‘chirishda ko‘pincha shakliy o‘xshashlik ham qatnashadi. Masalan, yuqorida keltirilgan qanot leksemasida shakl jihatidan, ko‘mir leksemasida rang jihatidan, siyoh, leksemasida holat(suyuq) jihatidan o‘xshashlik ham bor. Shu sababli bu ko‘chirishlarni funksional-metaforik ko‘chirish deb baholash mumkin.1
Nom ko‘chishi natijasida yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib keluvchi hodisalardan biri sifatida vazifadoshlik keltiriladi. O‘zbek tili leksikologiyasiga oid ishlarda ham funksiyadoshlik, metonimiya, metafora va sinekdoxalar kabi, nom ko‘chishiga olib keluvchi asosiy hodisa deb qaraladi. Lekin shu narsa harakterliki, metafora, metonimnya va sinekdoxa deyarli hamma ishlarda bir xilda tushunilgani, bir xilda ta’riflangani holda, shuningdek keltirilgan faktlar ta’rifga mos kelgani holda, funksiyadoshlikni tushunish va ta’riflashda bir xillik yo‘q, keltirilgan faktlar ham ko‘p hollarda fikrni tasdiqlamaydi. Mas, samolyotning ikki yonidan o‘sib chiqqan qush qanotiga o‘xshash qismining «qanot» deb atalishi ayrim ishlarda metafora deb ta’riflansa, ba’zi ishlarda funksiyadoshlik natijasi deb ta’riflanadi.
1 Турсунов У.ва бошқ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тили. –Т., 1992, 82-83-бетлар.
Umuman, bajaradigan vazifasidagi birlik asosida nom ko‘chishi (shu asosda so‘zning yangi ma’no kasb etishi) o‘zbek tilida ham bor. Masalan, qalam so‘zi tarixan ifodalagan predmet bilan uning hozirda ifodalaydigan predmeti shakli, materiali jihatidan butunlay farqli. Bu so‘z ilgari qamish va natdan yasalgan yozuv qurolini bildirgan. Hozirda esa grafitli yozuv qurolini bildiradi. Ko‘rinadiki, shakli, yasalishi va materiali qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ikkala predmet ham yozuv quroli.
Funksiyadoshlik asosida nom ko‘chishi, ya’ni shu hodisa tufayli so‘zning yangi ma’noga ega bo‘lishi metafora, metonimiya va sinekdoxa asosida yangi ma’no hosil bo‘lishiga nisbatan juda ham kam uchraydi. Shunday bo‘lishi ham tabiiy. Chunki biron narsa uchun mo‘ljallangan predmetning o‘zi bo‘lgani holda shu narsaning aynan o‘zi uchun mo‘ljallangan yana boshqa predmetning yuzaga kelishiga ehtiyoj bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, vazifasi tamoman bir xil, lekin boshqa- boshqa narsaning hayotda birga yashashi mumkin emas. Demak, vazifasi jihatdan biror predmet bilan umumiylikka ega bo‘lgan boshqa predmet yuzaga kelar ekan, ular o‘rtasida faqat umumiylik bo‘ladi, birlik emas. Bu predmetlar, shubhasiz, xususiy (farqli) belgi yoki belgilarga ham ega bo‘ladi. Bunday hollarda predmetni konkret atash uchun maxsus so‘z (so‘zlar) qo‘llanadi yoki predmet maxsus nom oladi. Mas, grafitli yozuv qurolini dastlab karandash qalam deb atalishining sababi ham ana shunda.
Xullas, yangi ma’no hosil bo‘lishiga asos bo‘luvchi nolingvistik faktorlar metafora, metonimiya, sinekdoxa va funksiyadoshlik bo‘lib, bulardan metafora va metonimiya asosida nom ko‘chishi asosiy (mahsuldor) holat hisoblanadi. Sinekdoxa, ayniqsa, fuiksiyadoshlik asosida yangi ma’no hosil bo‘lishi kam sonni tashkil etadi.
Shuni ham aytish kerakki, nolingvistik faktorlar asosida so‘zning semantik strukturasida leksik ma’noning ortishi nuqtan nazaridan
bo‘ladigan o‘zgarishlar anchagina murakkab tusda bo‘ladi. Bunda hamma vaqt ham o‘xshashlik, aloqadorlik yoki sinekdoxaning faqat o‘zginasi asos bo‘lavermaydi. Ba’zi ma’nolarniig hosil bo‘lishida bulardan ikki yoki undan ortig‘ining elementi u yoki bu darajada qatnashadi. Shuning uchun ham ayrim hollarda yangi ma’noning qaysi hodisa asosida yuzaga kelganini belgilash qiyinroq bo‘ladi (misollarini yuqorida ko‘rdik). Lekin u yoki bu ma’noning yuzaga kelishida yuqoridagi to‘rt hodisadan ikki yoki undan ortig‘ining elementi ishtirok etsa-da, ulardan bittasi asosiy bo‘ladi, yangi ma’no xuddi shu hodisa asosida yuzaga keladi. Mas: stol, stul, karavot kabilarning oyoqlari bilan inson yoki hayvon oyoqlari o‘rtasida tashqi o‘xshashlik ham bor, shuningdek, funksiya o‘xshashligi ham bor, ya’ni shu qism mazkur predmetlarni ko‘tarib turadi. Lekin bu predmetlardagi shu qismning oyoq deb atalishi metafora asosidadir. Chunki predmetlarni ko‘tarib turish uchun ishlangan qism ikki yoki undan ortiq bo‘lsagina oyoq deb ataladi. Ko‘tarib turadigan qism bitta ham bo‘lishi mumkin, lekin u oyoq deyilmaydi.
XULOSA
So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. So‘zlar o‘z ma’nosi bilan ob’yektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi kabilarning konkret o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchalarni ifodalaydi. Tushuncha ob’yektiv borliqdagi narsa-hodisalarning ongda umumlashgan holdagi in’ikosidir.
So‘zlar o‘ziga xos fonetik, so‘z yasalish, morfologik strukturaga ega bo‘lgani kabi o‘ziga xos semantik strukturaga ham ega. So‘zning semantik strukturasiga kiruvchi leksik ma’no turli tiplarga ajraladi: etimologik ma’no, bosh ma’no, yasama ma’no, asos ma’no, nominativ ma’no, figural ma’no, erkin ma’no, bog‘liq ma’no va hokazo.
Ko‘pma’nolilik va ko‘chma ma’nolar asosan so‘zning bosh ma’nosi yoki asos ma’nolari zaminida yuzaga keladi. Bosh ma’noning taraqqiyoti natijasida so‘z ma’nosida turli xil o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi ham ana shu taraqqiyot natijasidir.
O‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nolarining ko‘chish usullari sifatida metafora, metonimiya, sinekdoha, vazifadoshlik e’tirof etiladi.
Metafora – nom ko‘chishining alohida bir turi hisoblanib, unda ob’yektiv borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakatlar o‘rtasida keng ma’nodagi o‘xshashlik asos bo‘ladi. Ya’ni metafora qandaydir bir o‘xshashlik asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o‘rnida qo‘llanishidir. Masalan, tulki (ayyorlik), bo‘ri (yulg‘ichlik), gul (chiroylilik).
Metaforik ma’no nutqni bezash, ta’sirchanlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Nomlashni ham nazarda tutadi. Uning qo‘llanilish darajasi nihoyatda keng bo‘lib, ilmiy uslubdan boshqa barcha uslublarda qo‘llaniladi.
Metafora ekspressivlik ifodalash jihatidan ikki turga bo‘linadi.
ekspressiv (ilm urug‘i, xurriyatning chashmasi);
noekspressiv (o‘choq boshi, choynakning og‘zi).
Har qanday metaforik ma’no dastlab paydo bo‘lganda ekspressiv bo‘ladi, tilda ko‘p marta qo‘llanilishi natijasida ekspressivlikni yo‘qotib oddiy nomga aylanib qoladi.
Metaforik ma’no tilda ikki asosga ko‘ra yuzaga keladi:
nomsiz shartli narsani nomlash zaruriyati
nomli narsani qayta nomlash. (ikkilamchi nominatsiya)
Masalan, samo xaltasi, g‘amning ignasi (nomsiz narsani nomlash). Boqi- buldozer, Ali-laylak (nomli narsani nomlash). Saida-sinchalak.
Metafora ko‘p qirrali jarayon. Shuning uchun uning tavsifi bir necha jihatni qamrab oladi.
Metonimiya ham nom ko‘chish usuli bo‘lib, narsalar orasidagi ob’yektiv bog‘liqlikka asoslanadi. Bog‘liqlik asosidagi ko‘chish bir necha xil bo‘lishi mumkin. Metafora va metonimiya orasidagi farq nom ko‘chirish asoslaridadir. Metaforaga o‘xshashlik, metonimiyaga bog‘liqlik asos bo‘ladi. Bu eng asosiy farq bo‘lib, o‘xshashlik va bog‘liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o‘xshashlik qaysidir darajada erkin, ya’ni sub’ekt o‘xshashlikni ochadigina emas, balki yaratadi.
Metonimiyaga bog‘liqlik asos bo‘lar ekan, bog‘liqlik ob’yektiv mavjud bo‘lmasa, uni tiklab bo‘lmaydi. Masalan, Navoiyni oldim qo‘limga (kitobi). Samarqand bosh ko‘tardi (odamlar).
Darhaqiqat, bog‘liqlik (munosabati) xususiyati doimiy bo‘lib, uni
hamma qayd etadi. Bu munosabat bo‘lmasa, ma’noning bog‘liqlik asosida ko‘chish holati yuzaga chiqmaydi.
Sinekdoxa ham ma’no ko‘chish usuli sifatida butun va qism orasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. Ya’ni butun orqali qismni, aksincha qism orqali butunni nomlash sinekdoxa usulida nom ko‘chishidir.
Masalan, besh qo‘l barobar emas (butun orqali qism, barmoq). Ne kunlarni ko‘rmadi boshim (qism orqali butun, odam)
Tilda sinekdoxa usulida nom ko‘chish metafora va metonimiyaga nisbatan kamroq uchraydi.
Vazifadoshlik ham ma’no ko‘chishining alohida bir usuli sifatida bir narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifasidagi o‘xshashlik asosidagi ko‘chishni nazarda tutadi. Demak, vazifadoshlik asosidagi ko‘chirish ham o‘xshashlikka asoslanar ekan, bu jihatdan u metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishiga juda yaqin turadi. Farq shundaki, metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishda predmetlar orasidagi tashqi ko‘rinish jihatdan, material jihatidan o‘xshashlik asosga olinsa, funksional ko‘chishda vazifa jihatdan o‘xshashlik nazarda tutiladi: qanot, siyoh, ko‘mir.
Funksional ko‘chirishda ko‘pincha shakliy o‘xshashlik ham qatnashadi. Yuqorida keltirilgan qanot so‘zida shakliy, ko‘mir so‘zida rang jihatdan, siyoh leksemasida holat (suyuk) jihatdan o‘xshashlik mavjud. Shu sababli ko‘chirishlarni funksional-metaforik ko‘chirish deb baholash holatlari uchraydi.
Xulosa qilib aytganda so‘z ma’nosining ko‘chish usullari ma’no nozikliklari bilaan bir-biriga o‘xshaydi, lekin ular bitta narsa emas. Ya’ni metafora keng ma’noda narsalar orasidagi o‘xshashlikka asoslansa, metonimiya ob’ektiv bog‘liqlikka asoslansa, sinekdoha butun qism munosabati asosidagi ko‘chishni, vazifadoshlik esa ana shu nom ifodalagan predmetning vazifalari jihatdan bir xil, material jihatidan turlicha bo‘lgan
narsalar o‘rtasidagi ko‘chishni anglatadi. Bu usullarning barchasi tilda keng qo‘llaniladi hamda so‘zlovchining lisoniy mahoratini, nutqiy ta’sirchanlikni, emotsionallikni oshirishga, fikrni ixcham lo‘nda va aniq tushunilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |