So‘z ma’nolarining ko‘chish usullari Metafora asosida nom ko’chishi
Nom ko‘chishi asosida yangi ma’no hosil bo‘lishi barcha mutaxassislar tomonidan e’tirof etilsa-da, lekin nom ko‘chishiga olib keluvchi hodisalar, ularning turi masalasidagi qarashlar turlicha. Ba’zi ishlarda nom ko‘chishiga olib keladigan hodisaning ikki turi ko‘rsatilsa, ayrim ishlarda bunday hodisalarning undan ko‘p turlari ko‘rsatiladi. Lingvistik adabiyotlarning ko‘pchiligida esa (ayniqsa, keyingi vaqtlarda nashr etilgan adabiyotlarda) nom ko‘chishiga olib keluvchi hodisaning to‘rt turi keltiradi: 1) metafora, 2) metonimiya, 3) sinekdoxa, 4) vazifadoshlik.
Ma’lumki, so‘zlar asl-real ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noni ham anglatadi. So‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanganda predmet-hodisalarni atabgina qolmay, o‘sha predmet va hodisalarni tasvirlash vazifasini ham bajaradi. Ko‘chma ma’no tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida vujudga keladi. Ko‘chma ma’noli so‘zlar ilmiy va rasmiy uslubdan tashqari barcha uslublarda qo‘llaniladi. So‘zlarning ko‘chma ma’nosi faqat kontekstda reallashadi.
Badiiy nutqda hatto o‘zining to‘g‘ri ma’nosi bilan qo‘llangan so‘z lug‘atdagi ayni shu so‘z bilan teng kela olmaydi. Chunki u estetik butunlik bo‘lgan yaxlit badiiy asar matni tarkibida boshqa so‘zlar bilan faqat semantik - grammatik jihatdangina emas, balki hissiy-estetik jihatdan ham munosabatga kirishadi.
Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini o‘rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor qilinadi. V.N.Teliya ta’rificha, "konnotatsiya til birliklari semantikasiga uzual yoki okkazional ravishda kiradigan, nutq sub’ektining borliqni
jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir"1.
Konnotatsiya semantikaning ekspressiv qiymatga ega bo‘lgan uzvi sifatida nomlash jarayonlaridagi borliqni baholagan holda idrok etish va aks ettirish mahsuli hisoblanadi. M.A.Mamadalieva ham konnotatsiyaning asosiy vazifasi so‘zlovchining ifodalanayotgan predmetga sub’yektiv munosabatini aks ettirish asosida ta’sir etish, ta’sirchanlikni ta’minlash ekanligini alohida ta’kidlaydi2.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, leksema va tushuncha o‘zaro dialektik munosabatda bo‘lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so‘z bilan ifodalana olmaydi. Agar har bir tushunchaga yangi so‘z deb baho berganimizda edi, til o‘zining kommunikativ vazifasini hiralashtirgan, yo‘qotish darajasiga olib kelgan bo‘lar edi. Tilning muhim xususiyati shuki, u hotirada saqlash mumkin bo‘lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo bo‘lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilning amal qiladigan modellari asosda mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida ifodalashning bir yo‘lidir.
Insoniyatning olamni bilishida o‘xshatishning o‘rni beqiyosdir. Yangi kuzatilayotgan narsa va hodisa doimo oldin o‘zlashtirgan narsa va hodisaga qiyoslanadi, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik oldingi nomning yangi narsa va hodisa uchun ishlatilishiga sabab bo‘ladi. Tilda ilgari mavjud bo‘lgan nomning muayyan o‘xshashlik asosida yangi ma’no uchun qo‘llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta’sir
1 Теля В.Н. Коннотативный аспект семантики номинативных единиц. –М., Наука, 1986 г. С.-5.
2 Мамадалиева М.А. Ўзбек тилида номинатив бьирликларнинг коннотатив аспекти. Филол. фан. ном. диссер. автореферати. -Т., 1998. б-10.
etish vazifasini ham bajaradi, hamda tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. Ana shunday ko‘chim – METAFORADIR.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o‘rin tutishiga qaramay, shu kunga qadar ko‘proq badiiy vosita sifatida adabiyoshunoslarning diqqatini jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy vosita, ifoda lingvistik vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy nutq tarkibidagi ko‘chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi. Shuning uchun ham ular adabiyotshunoslikninggina emas, tilshunoslikning ham tekshirish ob’ekti sanaladi.
Metaforaning o‘rganilish tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Aristotel zamonidan buyon u ritorika, psixologiya, falsafa, stilistika, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xatto kibernetika kabi fan namoyondalari tomonidan tahlil qilib kelindi. Lekin bu bilan masalaning lingvistik aspekti yetarlicha o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Har qanday badiiy vositalar lisoniy vositalar yordamida moddiylashadi. Shuning uchun ham metaforani lingvistik nuqtai nazardan o‘rganish zarurdir.1
Nutq lisonning xilma-xil yuzaga chiqish usullari bo‘lgan shaxsiy, moddiy hodisadir. Har qanday tilga hos hodisa lisoniy va nutqiy jixatlarga ega bo‘ladi. Nutqiy jihat kuzatish uchun qulay (o‘ng‘ay) va bevositadir. Ammo shu bilan birga, u o‘zgaruvchan va hisobsiz hamdir. Uning ortida- asosida nisbatan turg‘un va chegaralangan lisoniy hodisa yotadi. Tilshunoslik fanining tarixiga nazar tashlasak, unda til hodisalarining birinchi jihatini o‘rganish an’anasi kuchliroq ekanini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan metforaning o‘rganilishida ham. Uning ikkinchi jixati-lisoniy asosini o‘rganish zaruriyati anchadan beri mavjud va dolzarbdir.
Har qanday hodisa-u hoh ob’ektiv, hoh sub’ektiv bo‘lsin, tashqi kuzatish
1 Бикертон Д.Кведение в лингвистическую теорию метафорий. И.Теория метафорий. –М., Наука, 1990. С 287-506
imkoni bo‘lgan jihati ortida uning mohiyati yotadi va u ko‘zdan yashirindir1. Aristotelning "Poetika" asarida metafora (to‘g‘rirog‘i epifora)
tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga qiziqish ortsa ortdiki, sira susaygan emas. O‘tgan davrlar mobaynida metaforaga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi Arastu ta’rifini yodga olib o‘tadilar.
Aristotelning o‘zi ham bu haqda quyidagi fikrlarni e’tirof etgan: "Ko‘chma so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan jinsga, yohud turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir
Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga "Ana mening kemam turibdi" jumlasi misol bo‘la oladi Bu yerda umuman "turibdi" so‘zi "langarda turibdi" xususiy ma’nosini anglatadi.
Turdan jinsga ko‘chirilgan so‘zlar "Minglab shavkatli ishlarni qildi Odissey... jumlasidagi, minglab so‘zi umuman " ko‘plab"ning xususiy xolati bo‘lgan uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi.
3..Turdan turga ko‘chirilgan so‘zlar masalan, "Mis bilan jonni
Dostları ilə paylaş: |