Furqatingdin bo‘lmisham zoru zaif, Tengri uchun,mundin ortiq qilma zor. Chun mening qonimni to‘ktung hajr ila, O‘z eshiging tegrasinda qil mazor (351-bet)1qit’asidagi “mazor’’so‘zi boshida “zor’’ so‘ziga nisbatan ikki harf ortiqcha qo‘llangan.Bu hol har ikki so‘z asosida tajnisi zoyid hosil qilishga to‘siq bo‘lolmaydi.
Shoirning boshqa qit’alarida ham tajnisi zoyid namunalari uchraydi.
Xususan:
Ko‘rmadi inson munungdek nozanin, Ko‘rguzur go‘yo malak yuz,yo pari. Barcha jon devonau shaydo qilur Zulfi anbarbor ila yuz yopari (352-bet)2 Ushbu qit’ada esa “ yopari” ya’ni yuz yopmoq ma’nosida kelgan so‘z ikkinchi misradagi ‘’pari ‘’ so‘zidan ikki harf ortiqchaligi bilan tajnisi zoyidni tashkil etadi.
Tajnisi muzori.Tajnisning bu turi qo‘llanganda shaklan yaqin bo‘lgan ikki so‘z boshi,o‘rtasi yoki oxiridagi bir ,ba’zan ikki harf bir-biridan farqlanib,qolgan qismi mos bo‘ladi.
Aqlu jonning ofati,din g‘orati, Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur. Ketmadi savdosi hargiz boshtin, Rost ayturlarki ‘’Davlat boshdadur’’.(351-bet)3 Ushbu qit’adagi ‘’qoshdadur’’ va ‘’boshdadur’’so‘zlari so‘z boshidagi bir harf farqi bilan tajnisi muzori’ ni hosil qilmoqda.
Tajnisi muzori’ so‘zlar boshi va o‘rtasidagi ikki harf bir-biridan farqlanganda ham hosil qilinishi mumkin.
Tajnisning yana bir qancha ma’no turlari mavjud.Biz ishimizda Lutfiy qit’alarida qo‘llangan turlarinigina yoritishga harakat qildik.
Tanosub.She’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab,ular vositasida obrazli ifodalar,lavhalar yaratish san’ati tanosub deb ataladi.
To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi, Kelsa ul sarvi ravon bir-bir manga. Muncha yil ketgan bu baxtu davlatim, Shukrillahkim,kelur bir-bir manga(351-bet) Lutfiyning ushbu qit’asidagi farah(shodlik,quvonch),baxt,davlat so‘zlari shoirga o‘z hayotidan mamnunlik munosabatini ta’sirchan ifodalashga yordam bergan.