O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21/1-guruh talabasi Ivodullayeva Gulchehraning


Kirish Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati



Yüklə 102,3 Kb.
səhifə2/16
tarix17.05.2023
ölçüsü102,3 Kb.
#114906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Gulchehra

Kirish
Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati.Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi,yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda.Xalqimiz milliy tiklanishdan –milliy yuksalishga erishishni o‘z oldiga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.
“Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan,biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar,global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish,shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda,dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li - Cho‘lpon “Adabiyot yashasa,millat yashar!’’degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas.Darhaqiqat,adabiyot,san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq,butun insoniyat bezavol yashaydi.’’1
Darhaqiqat, istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o‘rganish ,shu asosda millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas.
Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Navoiygacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek she’riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o‘rni beqiyos.O‘zbek adabiyotida o‘zining go‘zallik tajassumidan iborat g‘azallari bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir.Sharqda sohibidevon shoir bo‘lish nihoyatda murakkab ish sanalgan.Devon tartib berish uchun shoir arab alifbosidagi har bir harfga mos she’r yoza olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.Lutfiy ham sohibidevon shoirdir.U o‘zining turkiy tilda bitilgan she’rlaridan devon tartib bergan.Shoir devonidan o‘zining g‘azal,ruboiy,tuyuq,qit’a,fard kabi bir qancha lirik janrlardagi she’rlari o‘rin olgan.Shoir mazmunan yuksak va shaklan go‘zal g‘azallar yaratib,bu janr rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.Uning rang-barang mavzularda yozilgan g‘azallari mohiyatini hayot zavq-shavqlari, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish,sevgi-sadoqatni ulug‘lash ,ezgulikni targ‘ib etish g‘oyalari tashkil etadi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov “ …ma’naviyatni tushunish,anglash uchun avvalo,insonni tushunish,anglash kerak.’’2 Ushbu fikrlar Lutfiy ijodiga hamohang tarzda jaranglaydi.Zero,shoir ijodida insonni ulug‘lash,insoniy fazilatlar va ularning tadriji masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.Lutfiy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bahramand bo‘lgan va bu shoir she’rlarini go‘zal badiiy san’atlar bezashda muhim o‘rin tutadi.Shoir tuyuq janrining ustasi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyotida bu janrni yuqori pog‘onaga ko‘tardi va bu janr rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.Shoir ijodining serqirraligi kichik janrlar hisoblanmish qit’a,ruboiy,tuyuq,fard kabi janrlarda ham mohirona qalam tebrata oldi.Shoir lirikasida turli xil lafziy va ma’naviy san’atlarning bir qancha turlaridan mohirona foydalana olgan.Bu ish ancha murakkab sanalsa-da,shoir o‘z ijodida o‘zgacha mahorat bilan yondashgan.Zero,har bir bayt zamiriga bir- biriga o‘xshash bo‘lgan yoki aksincha, zid bo‘lgan so‘zlarni singdira olish,shu bayt mazmunini go‘zal badiiy vositalar bilan ziynatlash she’rning badiiyati va g‘oyaviy tomonini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etgan. Shoirning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rni,uning g‘azallari badiiyati bir qancha lutfiyshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan.Biz ham ushbu kurs ishimiz orqali Lutfiy g‘azallari, boshqa janrda yaratilgan she’rlari va shuningdek,qit’alarining mavzulari,janr tabiati va badiiy san’atlardan foydalanish mahorati xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Ishning maqsadi va vazifalari .Kurs ishining maqsadi Lutfiy hayoti va ijodini taʼlim bosqichlarida oʻrganish, ilgʻor texnologiyalardan foydalanish,lirikasini tahlil qilishda samarali metod,usul va texnologiyalarni qoʻllashdan iboratdir. Shuningdek, adabiy taʼlimda Lutfiy hayotini va ijodini oʻrganish hamdir. Kurs ishining vazifalari quyidagilar:
- Lutfiy hayoti va ijodining taʼlim bosqichlarida oʻrganish yuzasidan tahlil usullaridan foydalanish;
- Lutfiy ijodiy merosining gʻoyaviy yoʻnalishi va mavzu koʻlamini oʻrganish;
- Lutfiy gʻazallari va qitʼalaridagi chuqur maʼno va uygʻunlikni keng ommaga yoritish;
Kurs ishining metodologik asosi va metodlari. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy gʻoya, buyuk olimlarimiz ijodini oʻrganish, maʼnaviy qadriyatlarga munosabat va ilm-fan bilan bogʻliq fikr-qarashlari ushbu Kurs ishining metodologik asosini tashkil etadi.
Kurs ishini tayyorlashda ilmiy adabiyotlardan, mutaxassis olimlarning Lutfiy hayoti va ijodiga bergan taʼriflardan foydalanildi.

Yüklə 102,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin