O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21/1-guruh talabasi Ivodullayeva Gulchehraning


Kim,kishi topmaydurur bu davrning poyonini.(265-bet)



Yüklə 102,3 Kb.
səhifə7/16
tarix17.05.2023
ölçüsü102,3 Kb.
#114906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Gulchehra

Kim,kishi topmaydurur bu davrning poyonini.(265-bet)10
Shoir bu g‘azali orqali inson umri o‘tkinchi ekanligini ta’kidlaydi va undan o‘rinli foydalanish, vaqtni behuda o‘tkazmaslik,hayrli amallar va savob ishlar qilishga undaydi.
Malik ul-kalom g‘azallarida tabiat tasviri vositasida she’r qahramoni ichki kechinmalarini tasvirlash ham yetakchilik qiladi:
Yoz fasli barcha shod-u ko‘nglumiz g‘amnok erur,
Gul bikin jon ko‘nglaki hijron elindin chok erur.(51-bet)11
Shoir she’rlari uslubiy ravon va muxtasarlikka asoslangan.Shoir g‘azallarida tazod,tashbeh,talmeh,irsoli masal,mubolag‘a,talmeh, iyhom va boshqa ko‘plab badiiy san’at namunalaridan ustalik bilan foydalanadi va go‘zal baytlar yarata oladi.

Mehringdin ,ayo,oy-u falakka yetar ohim,
Qilmas,netayin,ko‘nglunga bir zarra siroyat.(29-bet)12
Lutfiy bu baytda mubolag‘aning g‘uluvv turidan foydalangan holda go‘zal bayt yaratganligini ko‘rishimiz mumkin.Ya’ni yorning mehridan oshiqning ohi falakka-da yetadi ammo bu yorning ko‘ngliga zarracha ham ta’sir etgani yo‘q.Oh-u fig‘onning falakka qadar yetishi bu aqlga sig‘maydigan holat bo‘lib ,shoir bu bayt orqali o‘zining ahvolini bayon qiladi.
Lutfiy o‘zining
Ul la’li labing birla tishing turfa tushibdur,
Kim ko‘rgali bor shakli surayyo shafaq ichra(221-bet)13
misralarida yor labini la’lga o‘xshatadi va tashbih san’atidan ustalik bilan foydalanib bayt mazmununi boyitadi.
Nargis ko‘zungning o‘xshashi qaysi chamanda bor?
Yuzung tarovati qachon, ey gul,sumanda bor?(102-bet)14
Baytidan shoirning maqsadi ma’shuqa ko‘zini chamandagi nargisga,yuzini gulga,sumanga o‘xshatishdir.O‘zini bilib bilmaslikka solish bilan shoir o‘xshatmasdan go‘yoki so‘rayotgandek bo‘lib ko‘rinmoqchi, xolos.Bu bayt orqali shoir tajohuli orif ya’ni ‘’bilib bilmaslikka olish’’ san’atidan foydalanib,g‘azal badiiyatini boyitadi.
Lutfiy mumtoz adabiyotda irsoli masal ‘’maqol kiritish’’ya’ni,she’riyat va nasrda ifodalanayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san’atidan eng unumli foydalangan shoir hisoblanadi.U o‘zining ‘’Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…’’g‘azalida boshidan oxirigacha irsoli masal qo‘llash san’atidan mahorat bilan foydalangan.Bu baytlarning badiiy-estetik jozibasini ta’minlashga xizmat qiladi.Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib,ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Lutfiy o‘zbek adabiyoti tarixiga o‘zining betakror g‘azallari,yuksak badiiyat namunalari bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.


Yüklə 102,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin