O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21/1-guruh talabasi Ivodullayeva Gulchehraning



Yüklə 102,3 Kb.
səhifə5/16
tarix17.05.2023
ölçüsü102,3 Kb.
#114906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Gulchehra

1.Oshiqona.
2.Diniy-tasavvufiy.
3.Rindona.
4.Axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallar.
5.Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar.
Shoirning “Ey jamoling shami’ xurshidu qamar parvonasi’’, “Ey sochingning soyasinda oftobi xovar’’, “Mahvashim,bir nazar etsang,ne nimang o‘ksugusi’’,’’Bir tabassum birla la’ling meni xushnud etti’’, “Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae’’,’’Ey malaksiymo pari ishqing elindin oh-oh’’, “Oy yuzung olida xijil husn eli Rumu Chin aro” deb boshlanuvchi g‘azallari tamoman oshiqona ruhda bitilgan.
Muhabbat- Lutfiy g‘azaliyotining asosiy mavzusidir.Shoir mana shu azaliy mavzu atrofida hayotdan zavqlanish,olam go‘zalligidan bahramand bo‘lish,odamiylik,saxovat va yuksak insoniy fazilatlar :mehr,vafo,sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi. Shoir g‘azaldagi asosiy obraz ma’shuqani original baytlarda tavsif etadi.Shoir lirik obrazlarining turli holat va kayfiyati,kechinmalarini hayotiy misollar vositasida tasvirlaydi,bundan tashqari shoir g‘azallarida ijtimoiy-siyosiy mavzular haqida ham fikr yuritadi.Shoir g‘azallarining aksariyati ma’shuqa tavsifiga bag‘ishlangan.

Chu zulfungizdin bog‘ladim tarsolar bikin,
Imonim ortar dam-badam ,bu ne ajab zunnor erur?(57-bet)6
Shoir zunnor timsolidan mahorat bilan foydalanib,uni yor zulfiga tashbeh etarkan,tarsolar singari bu zunnor –zulfni bog‘laganida Haqqa bo‘lgan iymon-e’tiqodi tobora ortib borishi sababidan ajablanadi.Ma’shuqa labining jon baxsh etishi oldida shunday a’mol sohibi bo‘lgan Iso Masihning uyalishi talmeh san’atining ajoyib namunasi bo‘lib,Lutfiy g‘azalda ilgari surgan ilohsevarlik g‘oyasining badiiy ifodasiga g‘oyatda mos keladi.
Ey pari yuzluk begim,jonlar fido bo‘lsun sanga,
Dunyada husn oti bor erkan,baqo bo‘lsun sanga.(11-bet)7
Shoirning ushbu g‘azali ham oshiqona ruhda bo‘lib,yorni pariga mengzash orqali shoir o‘z jonini fido qilishga ham tayyor ekanligini oshkor etadi.Dunyoda husn bor ekan, u yorda abadiy bo‘lishini tilash orqali o‘zining yorga hayrixoh ekanligini namoyon etadi.

Yüklə 102,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin