Kurs ishining tarkibi.Kurs ishi kirish, 2 bob , unga tegishli maʼlumotlar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib,ular 40 betni tashkil qiladi.
I BOB. Lutfiy va uning lirik merosi. 1.1.Lutfiy g‘azallarining mavzulari Zamonasining ‘’Malik ul- kalomi’’ deya e’tirof etilgan so‘z san’atkori Mavlono Lutfiy o‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyondalaridan biridir.Lutfiyning hayoti va ijodiga doir adabiy manbalar haqida ilmiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud.Jumladan,lutfiyshunos olim S.Erkinov quyidagilarni yozadi:
“ Lutfiyning hayoti va ijodi haqida ishonchli va muhim ma’lumot, avvalo Alisher Navoiyning ‘’Majolis un- nafois’’ tazkirasida,’’Muhokamat ul-lug‘atayn’’,’’Xutbai davovin’’(Xazoyin ul-maoniy’’ga muallif ning o‘zi tomonidan yozilgan so‘z boshi) kabi ilmiy va adabiyotshunoslikka oid asarlarida ,’’Nasoyim ul-muhabbat’’,’’Holoti Said Hasan Ardasher’’,’’Manoqibi Pahlavon Muhammad’’singari risolalarida uchraydi.Bu asarlarda Navoiy Lutfiyga juda yuqori baho berib,uni ‘’Malik ul-kalom’’deb ataydi.
Navoiydan keyin yozilgan tazkiralarning birortasida ham Lutfiy hayoti va ijodi haqida muhim yangilik uchramaydi.Davlatshoh Samarqandiyning ‘’Tazkirat ush-shuarosi’’da ham ,Xondamirning ‘’Habib us-siyar’’ asarida ham Lutfiy haqida umumiy fikrlar aytilgan.Xondamirning ‘’Makorim ul-axloq ‘’asarida Lutfiy bilan Navoiyning adabiy suhbatlariga doir bir epizod hikoya qilingan.Abdulla Kobuliy “Tazkirat ut-tavorix”,Vozeh “Majmuai Mansur va manzum’’,Shamsiddin Somiy “Qomus ul-a’lom’’kabi asarlarida Lutfiy to‘g‘risida ba’zi ahamiyatli fikrlarni bayon qilish bilan birga,ko‘pincha shoirga Navoiy bergan bahoni takrorlaydilar.’’1 Navoiydan keyin yaratilgan adabiy-tarixiy manbalar Navoiy ma’lumotlarini takrorlasa-da,ular aynan qaytariqdan iborat bo‘lmay ,balki Lutfiyning hayoti va ijodining biron-bir qirrasini ochishda juda muhimdir.
Mavlono Lutfiy madrasada tahsil olgan.O‘sha davr madrasalarida fanlarni o‘rganish bilan bir qatorda arab va fors tillarini ham o‘zlashtirgan.Bu uning zullisonayn shoir sifatida turkiy va forsiy tillarda ijod qilishiga zamin hozirlagan.Lutfiy ,ayniqsa, turkiy tilda badiiy jihatdan mukammal asarlar yozgan.Shoirning bu darajaga erishishida Sharq mumtoz adabiyot namunalari va badiiy ijod sirlarini puxta o‘rgangani shubhasiz.
Umrining asosiy qismi o‘qish ,o‘rganish bilan o‘tgan Lutfiy badiiy ijoddan bir lahza ham uzilgan emas,Xususan, Navoiyning “Majolis un-nafois’’tazkirasida Lutfiy umrining oxirlarida “oftob” radifli bir she’r yozgan,o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tazmin bog‘laganlar,ammo ulardan hech biri Lutfiychalik badiiyat yarata olmaganlar.2 Lutfiy diniy-dunyoviy,tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan,haqiqatparvar va ma’rifatparvar shoirdir.Navoiy ta’biri bilan aytganda,u “forsiy va turkiyda naziri yo‘q kishi erdi’’ Lutfiy turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mashhur bo‘lsa-da,forsiy tilda ham mahoratli va iqtidorli shoirdir.Bundan tashqari,Lutfiy majoz va haqiqatni ,she’riyat va tariqatni uyg‘unlikda saqlagan shoirdir.U umrining so‘nggi lahzalarigacha badiiy ijodda uzilmadi va o‘zbek nazmini go‘zal namunalar bilan boyitdi.Shoir qanchalik mashhur bo‘lsa ham darveshlik odatini tark etgan emas.Bu uning zamondoshlari va ijod ahli orasida ,balki hukmdorlar oldida ham yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga asos bo‘lgani ayni haqiqat.
Lutfiy turkiy tildagi she’rlarini jamlab,devon tartib bergan.Alisher Navoiy shoirning ‘’turkcha devoni ham mashhurdir’’,--deya ta’kidlaydi.Shoir devonlarining bir necha qo‘lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan.Bizgacha shoirning qariyb 4 asr davomida ko‘chirilgan turkiy devonining 33qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan.
Ular Toshkent,Dushanbe,Istambul,Tehron,London,Parij,Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.Lutfiyshunoslarning aniqlashiga ko‘ra,shoir she’rlarining umumiy miqdori 2774bayt yoki 5548 misradan ortiq.Ularning asosiy qismini g‘azal janri namunalari tashkil etadi.Mavlono Lutfiy devonining hozirgacha ma’lum nusxalarida 372 g‘azal,3qasida,115 to‘rtlik,60fard va ruboiy,tuyuq,qit’a kabi janr namunalari uchraydi.
Alisher Navoiyning ‘’Badoye’ ul-bidoya’’asarida besh muxammas keltirilgan bo‘lib,shulardan uchtasi Lutfiy g‘azaliga bog‘langan.
Ulardan biri