Ko‘ktadur har dam fig‘onim ko‘rgali sen mohni, Da’vii mehringga tonuq tortadurmen ohni. Lutfiyning matla’li g‘azaliga bog‘langan. G‘azal 7baytli bo‘lib,7 baytdan 5 bayti olingan va 3-bayt 4-o‘rinda keladi.5-6-baytlar tushirib qoldirilgan.
2-muxammas Lutfiyning:
Laylat ul-me’rojning sharhi sochi tobindadur, Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur. Matla’dayoq ma’lum bo‘ladiki,Lutfiy g‘azalining lirik qahramoni go‘zallikda tengsiz yor.Uning tundek qora sochi zamiriga me’roj kechasining sharhi yashiringan,mehrobdek qoshi esa qoba qavsayn oralig‘idagi masofani yodga soladi.Bu o‘rinda Mavlono Lutfiy yor tasviri asnosida payg‘ambarning me’roj tunida Holiq huzuriga ko‘tarilishi va Yaratgan bilan rasul orasidagi masofa ikki qosh oralig‘idek yaqin bo‘lganligi hodisasiga ishora qiladi.G‘azalning keyingi baytlari ham yor go‘zalligi ta’rifi bilan davom etib,uning shirin va jonbaxsh labidan salsabil (jannat bulog‘i) sargardon,Xizr va Iso Masihlar xijolatda ekanligi ta’kidlanadi.Shu tariqa g‘azal baytlari yor ta’rifi tarzida davom etadi.Taxmisga asos bo‘lgan Lutfiy g‘azali,aslida,hajman 7 baytdan iborat.Ammo taxmis bog‘langanda uning ikki bayt qisqartirilib,5 band holiga keltirilgan.Navoiyning Lutfiyga bog‘langan 3-taxmisi
Ey,soching shaydo ko‘ngullarning savodi a’zami, Halqa-halqa ruxning sarmanzilidur har xami ma’tlali g‘azaliga muxammasida Navoiy 4-baytni 3-bayt qilib olgan va maqta’ni
Lutfiyni boshtin yana tirguzsang ,ey Isonafas, Kim yetibdur,vah,ani o‘lturg‘ali hijron g‘ami tarzida beradi.’’3 Ushbu muxammaslar Navoiyning ‘’Badoe’ ul-bidoya’’ devonida keltirilgan.Shunga ko‘ra ,bu muxammaslar 1465-80-yillar o‘rtasida yozilganligi namoyon bo‘ladi.Bundan tashqari, manbalarda Navoiy Lutfiy g‘azallariga tatabbu va javobiyalar ham yozgan ,ammo bu ishlar o‘z tadqiqotchilarini topmagan.
Lutfiy lirikasi Navoiy davrigacha bo‘lgab o‘zbek mumtoz adabiyotining g‘oyaviy va badiiy jihatdan,o‘ziga xos uslubi nuqtai nazaridan eng go‘zal namunalari sanaladi.Shoir ijodi o‘zbek mumtoz adabiyotini durdona g‘azallar bilan boyitdi.
O‘zbek adabiyotida Lutfiy mohir g‘azalnavis shoir sifatida mashhurdir.Buning isboti sifatida shoir turkiy devonining katta qismi ya’ni 2086 bayti g‘azal janrida yozilganini keltirishimiz mumkin.Shoir g‘azallari mavzulari rang-barang.Xususan ,g‘azallarida milliy tuyg‘ular,dard,armon,qayg‘u va shodlik tasviri benihoya ta’sirchan tasvirlangan.Lutfiyning barcha she’riy misralari nafosat hissi shakllangan ,saviya va did jihatdan yuqori pog‘onada turuvchi –hayotsevar va dono xalq vakillarining fikr va tuyg‘ularini tarannum etadi.Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va oshiq holatini tasvirlashdan iborat bo‘lsa-da,shoir bu mavzuda takrorlanmas tashbihlar ,mazmunga mos poetik obrazlar yaratadi.Lutfiy she’riyatda o‘ziga xos maktab yaratgan ijodkordir.Bu maktabdan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olgan.Xususan,Boburning “Aruz risolasi’’da Lutfiy g‘azaliyotidan misol tariqasida 30 bayt (bunga qo‘shimcha 1tuyuq) keltirilgan bo‘lib,bu namunalar E.Ahmadxo‘jayev tomonidan o‘rganilgan.4 Lutfiy g‘azaliyotidan olingan she’riy parchalar aruzning turkiy bahrlari va vaznlarining tahlili va tadqiqi munosabati bilan berilgan.Bu she’riy parchalar yana shu jihatdan ahamiyatliki,Bobur bu baytlarni Lutfiy yashagan yoki unga yaqin davrda ko‘chirilgan shoir devonining qo‘lyozma nusxalaridan olgan.Bu jihatdan ham Bobur misol keltirgan Lutfiy g‘azaliyotiga doir baytlar matn nuqtai nazaridan ilmiy ahamiyatga egadir. Bulardan tashqari, “Aruz risolasi’’da misolga olingan baytlarning deyarli barchasi Lutfiyning bizgacha yetib kelgan devonining qo‘lyozma nusxalarida uchrashi bilan birga ,ba’zilarida uchramaydi .Shuni aytish kerakki,Bobur o‘zi misol keltirgan har bir bayt yoniga uning muallifi nomini taxallusini,shu jumladan Lutfiy nomini ham izchil va aniq ravshan yozib qo‘ygan.Lutfiy ijodini va undan namunalarni Boburdek nihoyatda iste’dodli shoir va yirik olim tadqiqotida tahlil va tadqiq etilishi adabiyotshunoslikda Lutfiy merosini nazariy jihatdan o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho manbadir.’’5 Shoir g‘azallarini turli xil mavzuiy guruhlarga ajratishimiz mumkin.Ular: