1.2. Boshqa janrda yaratilgan she’rlaridagi g‘oyalar haqida Lutfiy ijodi ham serqirra ijod namunalaridan sanaladi.Shoir faqat g‘azallar yaratishda mahoratli bo‘lib qolmasdan,balki boshqa janrlarda ham muvaffaqiyatli qalam tebratgan.Xususan,shoir o‘zbek mumtoz adabiyotida kichik she’riy janrlar sanalmish ruboiy,tuyuq,qit’a janrlarida ham barakali ijod qilgan.Lutfiy o‘zbek adabiyotida tuyuq janrini yuqori pog‘onaga olib chiqqan shoirdir.Shoir devonida 16ta tuyuq keltirilgan.Ular mavzu jihatdan xilma-xil.Asosiy mavzu esa ishq mavzusidir.Hajr azobi,yor vasliga intiqlik,yor jabridan shikoyat kabi mavzular qalamga olinganini ko‘rishimiz mumkin.
Men sening ilkingdin,ey dil,bandamen, Vah,qachon yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg‘a meni qilding asir, Sen menga sultonsen,ey dil,banda—men.(349-bet)15 Ushbu tuyuqda ,odatdagidek,tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Misralar talqin etilsa ,quyidagicha mazmun kelib chiqadi:
Men sening dastingdan ,ey dil ,banddaman(bog‘lanib qolganman),evoh men qachon u dilbandga yetgayman?Ey dil,meni bevafolarga asir qilding,sen menga sultonsan,banda( qul)-men.
Ey,ko‘ngul yorsiz sanga ne bor,bor Qaydakim ul zulfi anbarbor, bor. Chek jafou javru nozi borini, Bir kun o‘lg‘aykim ,degaylar :’’Bor-bor’’(348-bet)16 Ushbu tuyuqda misralar quyidagicha mazmun kashf etadi:
-ko‘ngil,yorsiz senga nima bor,bor(ketaver);
-ul zulfi anbar taratuvchi bor,bor(mavjud);
-barcha javru jafolarini cheksang:
-baribir bir kun ‘’Bor-bor’’deydi.
Bu tuyuq orqali ma’shuqaning bevafoligi,oshiq qancha kuyib yonmasin baribir oxirida ketaver deb quvib solinishi holati tasvirlangan.Lutfiy tajnisli so‘zlarni yuqori mahorat ila misralar qatiga jo qilganki ,bu shoir tuyuqlarining nodir mazmun kashf etishini ta’minlagan.
Shoir ruboiylari ham o‘ziga xos lutf kasb etganini ko‘rishimiz mumkin.Shoir ruboiylari turli mavzularni qamrab oladi.Bu mavzular qanchalik turfa bo‘lmasin ,ularning mazmunida yotgan bosh g‘oya pand-nasihat va axloqiy mavzulardir.Shoir ruboiylari soni 27ta.