Ey ko‘ngul,bu yo‘lda ne g‘amdur sanga Kim,xayoli yor bayramdur sanga. Sevdung o‘z haddingdin ortuq yorni, Gar seni kuydursalar kamdur sanga!(344-bet)17 Bu ruboiy ko‘ngulga murojaat bilan boshlanadi.Ya’ni lirik qahramon ko‘ngildir.Oshiqlik yo‘lida senga nima g‘am bor ya’ni sen nima qilasan oshiq bo‘lib senga yor xayolining o‘zi bayram emasmi?O‘z haddingdan ortiq yorni sevding,seni kuydursalar ham kamdir degan mazmun kelib chiqadi.Bu ruboiy bilan shoir har kim o‘z haddini bilsin mazmunini yoritib berayotgani shubhasiz.
Shoirning yana bir ruboiysi
Furqatingni chekkali jon qaydadur, Sabr etarg‘a sonsiz imkon qaydadur. Bizni bir yo‘li faromush ayalading, Ul burunqi ahdu paymon qaydadur?(344-bet) Ruboiy lirik qahramonning yorga murojaatini aks ettiradi.Sening hajringni ko‘tarishga jon qayda,sabr etarga sonsiz imkonim qayda bizni xaf qildingki, biz kelishgan ahd-u paymonlar qayerda qoldi ?Yor ma’shuqa ishqida nihoyatda og‘ir ahvolga tushganki,o‘zining joni qolmaganligini bayon qilmoqda.Ruboiy mazmuniga singdirilgan ma’no mubolag‘a va savol shaklida yanada boyiganligini kuzatishimiz mumkin.
Lutfiy fardlari ham badiiy jihatdan ancha mukammal namunalardir.Shoir devonida 32ta fard namunasi keltirilgan. Fardlar mavzusi ham xilma-xil.Yorga oshiqlik,do‘slik va dushmanlik munosabatlari,soqiyga,ko‘ngilga murojaat etgani holda dunyo o‘tkinchiligi,hech kim bu omonat dunyoda umrboqiy emasligi kabi mavzualr qalamga olingan. Lutfiy fardlarida turli xil badiiy san’at namunalarini ham kuzatamiz.
La’ling tamannosida o‘z holimni ko‘rguzsam biror, Barcha munajjim tole’im ichra manga qon ko‘rguzur.(340-bet)18 Ushbu fard oshiqning yorga murojaati tarzida bo‘lib, labing orzusida munajjimlarga o‘z holimni ko‘rsatsam,baxtim men uchun qon ko‘rinadi degan mazmun kelib chiqadi.Oshiq yorning vasliga qanchalik umidvor bo‘lmasin, baribir yor unga parvo qilmaydi. Baytda la’l va qizil so‘zlarini ma’nolar tarkibiga ustalik bilan kiritilgani shoirning yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi.
Shoir fardlari turli xil mazularda ekanligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik.Xususan,ularda yaxshilik va yomonlik ,yor ta’rifi,so‘z ta’siri,do‘stlik va dushmanlik masalalari aks etganini ko‘rishimiz mumkin.