O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21/1-guruh talabasi Ivodullayeva Gulchehraning


Og‘zing bila tenglik taloshur ,pista uyalmas



Yüklə 102,3 Kb.
səhifə10/16
tarix17.05.2023
ölçüsü102,3 Kb.
#114906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Gulchehra

Og‘zing bila tenglik taloshur ,pista uyalmas ,
U og‘zi ochuq boyg‘izining puchlug‘ini ko‘r.(342-bet)
Bu fardda shoir tamsil va mubolag‘adan mahorat ila foydalangan.yorga murojaat tarzidagi bu baytda yorning og‘zi shu darajada kichikki, go‘yo pista uyalmasdan unga tenglashmoqchi bo‘ladi.Shoir bu bilan mubolag‘aning tablig‘ turida mahorat ila foydalangan.Keyingi misrada esa pista yorning og‘zi bilan qanchalik talashmasin, u baribir puch ekanligini shoir nihoyatda yuksak badiiyat ila bayon qiladi.Pistaning puchligini ko‘rsatish orqali shoir tamsildan unumli foydalanganini ko‘rish mumkin.
Shoirning og‘iz ta’riflangan yana bir fardiga diqqat qiladigan bo‘lsak
Obi hayot birla nabot og‘zing oldinda,
Biri hayoti bo‘lg‘ayu biri nabotidur.(343-bet)19
kabi go‘zal o‘xshatishga duch kelamiz.Bu baytda shoir mubolag‘a vositasida yorning nihoyatda go‘zal qiyofasini yarata oladi.Ma’shuqaning og‘zi oldida abadiy tiriklik suvi sanalmish obi hayotning biri suv va biri nabot bo‘lib qolishini ta’kidlaydi.
Yorning yuzi majlisga nur sochib turibdiki,bunga misol tariqasida ‘’yog‘-yog‘ga tomadi’’ maqolini keltirib o‘tadi.Ishimizning oldingi boblarida Lutfiyning g‘azallarda irsoli masal qo‘llash borasidagi badiiy mahorati to‘g‘risida to‘xtalgan edik.Ushbu fardda ham irsoli masal namunasini ko‘ramiz.Sham yoki chiroq uzoq asrlar mobaynida ko‘plab durdona asarlarning yaratilishiga guvoh bo‘lgan vositalardir. Fardda majlisda sham o‘rnini yorning yuzi egallagan.Yorning yuz nuri sham yog‘i ustiga tomgandek mazmun anglashiladi. Shoirning boshqa fardlari ham yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan.
Mavlono Lutfiy faqat mahoratli g‘azalnavis shoir bo‘lib qolmasdan,boshqa she’riy janrlarda ham muvaffaqiyatli ijod sohibidir.Shoir she’riyati mavzular olami va badiiyati o‘zbek adabiyotini yuqori pog‘onaga ko‘tardi.

II BOB.Lutfiy qit’alari va ularni yozishda shoirning badiiy mahorati
2.1.Lutfiy qit’alarining mavzulari haqida
O‘zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir.Undagi janrlar faqat shakliy belgilari paydo bo‘lish tarixi ,taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas,ifoda usullari,tili ,obrazlar tizimi,poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi.Har bir lirik janr voqelikni,inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usullari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi.Shuning uchun ularni mohiyat -e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o‘xshash bo‘lmagan,o‘z-o‘zicha tugal deyish mumkin.
“Sharq adabiyotida qit’a janri hali g‘azalning shakllanish jarayoni boshlanmasdanoq to‘la takomil topgan.Bu janrning Rudakiygacha bo‘lgan davrlardagi shoirlar ijodida keng o‘rin egallaganligi shundandir”.Bu haqida akademik Abdug‘ani Mirzoyev g‘azalga bag‘ishlangan qimmatli risolasida ham fikr bildirgan.Shu o‘rinda ikki narsani alohida ta’kidlash zarurga o‘xshaydi.
1. O‘tmishda goho qasida va g‘azaldan yulib olingan teran mazmunli she’riy parchalar ilm va adabiyot ahli o‘rtasida ‘’qit’a’’deb atalgan.Biroq bunda istilohiy ma’no ko‘zda tutilmagan.Bundan tashqari,o‘zining barqaror nazariy qonuniyatlariga amal qilinmay yaratilgan kichik hajmdagi lirik she’rlarga ham qit’a nomi berilgan.Masalan,ruboiynavis shoir ruboiy uchun belgilangan an’anaviy qonun-qoidalardan chekingan bo‘lsa,u yaratgan to‘rtlik mazmunan qanchalik teran va jozibali bo‘lmasin,baribir ruboiy emas,’’…soddacha qit’a’’deyilgan.Bunday she’rlarning qit’a deb nomlanishidan qat’iy nazar,ularning qit’a janridagi she’rlar bilan aloqasi yo‘qligi izohsiz anglashiladi,albatta.
2. Klassik shoirlarimiz ba’zan oldin yozilgan qit’alari asosida yangi qasida va g‘azallar yaratishgan.Bu fakt ham qit’aning g‘azal bilan to‘la uyg‘un bo‘lgan,degan g‘oyani ilgari surishga imkon bermaydi.’’20
Ma’lumki,Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning podshohlik taxtiga chiqishi munosabati bilan’’ Hiloliya ‘’qasidasini yaratgan.Ana shu materialning u yoki bu qirrasini shoir o‘zining bir qancha ruboiy va qit’alarida ham yoritib bergan.Biroq Navoiy har gal bu mavzuga har bir janrning talab va imkoniyatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo‘lgan.
Qit’a (ko‘pligi muqattaot) arabcha so‘z bo‘lib,lug‘aviy ma’nosi parcha,bo‘lakdir.Istilohda qit’a o‘zining alohida poetik belgilariga ega,mavzu yo‘nalishi qat’iy chegaralanmagan ikki yoki undan ortiq baytli she’r ma’nosini bildiradi.
“Eron olimlaridan bir Muhammad Rizo Doyi Javod qit’ani quyidagicha ta’riflaydi: Biror narsaning parchasi lug‘atda qit’a deb ataladi.Adabiy istilohda ikki baytdan kam bo‘lmagan,o‘ziga xos qofiya va vaznga ega bo‘lgan she’rlarga qit’a deyiladi.Qit’ada yagona bir maqsad bayon etiladi va u mantiqan intihosigacha yetkaziladi.Qit’aning qofiya xususiyati unda birinchi bayt o‘zaro qofiyalanmaslik bilan xarakterlanadi’’21
“Qit’a shakl tomondan ham,mazmun jihatdan ham o‘ziga xos qator sifatlarga ega janr.Odatda,qit’aning birinchi bayti qofiyalanmaydi.Uning qofiyalanish tarzi: ab,vb,db,gb shaklidadir.Bu janr hajm jihatdan konkret chegarani bilmaydi.Qit’a ikki baytdan boshlab ,o‘n va o‘ndan ortiq miqdorda bo‘lishi mumkin.Sharq poetikasida kichik hajmdagi qit’alar” “ali ul taloq qit’a’’,to‘rt baytdan ortiqlari esa “ “qit’ayi kabir’’ deb nomlangan.’’ “Ali ul-taloq qit’a’’- fasohatli,xushbayon va muxtasar ma’nolarni bildiradi.Shoirlar ko‘pincha xuddi shu xildagi qit’alardan yozishga intilganlar.Bu masalada shuni aytish lozimki,o‘zbek adabiyotida umuman to‘rt baytdan ortiq miqdordagi qit’alar siyrak uchraydi.Bu tasodifiy holat emas,albatta.Chunki ,birinchidan, qit’a o‘zining xarakteri ,poetik ruhi bilan ixchamlikka ,konkretlikka dohil janr.Ikkinchidan,klassik shoirlarimiz shakl tanlashda mumkin qadar ixchamlikka intilganlar.Qisqa shaklda katta mazmunni sig‘dirishni badiiy mahoratining muhim belgilaridan deb bilganlar.Bundan tashqari qit’a aksar badiha tarzida aytilganini qo‘shsak,mohiyat yanada oydinlashadi.’’ “Taniqli Sharqshunos E.Bertels qit’ani Yaqin Sharqning deyarli barcha devonlaridagi”…mazmun e’tibori bilan juda boy va qiziqarli bo‘lim’’ekanligini qayd qilgan edi.’’22
Qit’aning mavzu ko‘lami hayot qadar keng va tarmoqli.Bu jihatdan Sharq lirikasidagi birorta ham lirik janr qit’aga tenglasha olmaydi.Unda ijtimoiy-siyosiy,falsafiy,axloqiy-ta’limiy va ishqiy masalalar ifodalangan.Bu janrda shoirlar hayot zavqi,umid va ishonch,insoniylikni ulug‘lash ,odob va tarbiya masalalari,e’tiqod va burch,el va yurtga muhabbat,so‘fiyona kayfiyatlar,zamondan shikoyat va boshqa ko‘plab mavzular qalamga olingan.Bu janr ma’lum bir poetik qonunlarga bo‘ysunmagan.Bu o‘z navbatida,qit’ada turli-tuman hayotiy g‘oyalarni talqin etishga keng imkoniyat tug‘diradi.Bu janr ortiqcha bo‘yoqdorlikni talab qilmaydigan janr hisoblanadi.Qit’ada kundalik turmush bilan bog‘liq hayotiy detallar boshqa janrlarga qaraganda ko‘proqdir.Qit’a tilida ortiqcha bo‘yoqdorlik yo‘q bo‘lib,ba’zan unda turli xil xalq iboralaridan,maqollaridan va qo‘pol, dag‘al so‘zlardan ham keng foydalaniladi.
Demak,qit’a mumtoz adabiyotda g‘azal,ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi.U o‘ziga xos obrazlar tizimi,kompozitsiyasi va ifoda usullariga ega janrdir.U g‘azalning yulib olingan bir bo‘lagi emas,balki Sharq adabiyotida g‘azaldan ancha oldin paydo bo‘lgan va shakllangan janrdir.U ikki baytdan kam bo‘lmagan holda,o‘zida ijtimoiy-siyosiy,axloqiy-ma’rifiy va boshqa ko‘plab mavzu doirlarini qamrab olgan janrdir.
Boshqa ko‘plab janrlarda ijod etgan Lutiy qit’a janrida ham o‘z ijod yo‘liga ega. Lutfiy devonining asosiy qismini g‘azal janri tashkil etgani holda,qit’a janri uncha ko‘p o‘rinda uchramaydi.’’Devon’’1 uning butun umri davomida yaratgan lirik asarlarini qamrab oladi.Ushbu devonida g‘azal ,ruboiy,qit’a,tuyuq, va fardlaridan iborat ona tilida yaratilgan she’rlaridan tashqari fors-tojik tilida yaratilgan ijod namunalari ham keltirib o‘tilgan.Shoir ‘’Devon’’ida qit’alar soni 9ta.Ularning deyarli barchasi ishq-muhabbat,yorga oshiqlik tarzidagi mavzulardan iborat. Shoirning ‘’Aqlu jonning ofati,din g‘orati’’deb boshlanuvchi qit’asi ijtimoiy mavzudagi qit’a namunasi bo‘lsa,’’Bermagil derlar vafosizg‘a ko‘ngul’’,’’Zoti pokingni ko‘rub aytur falak’’, “Ey qaroqchi ko‘zli dilbar,o‘yla bil’’, “Ishqing o‘ti jon uyig‘a tushgali’’, “ Ko‘rmadi inson munungdek nozanin’’ deb boshlanuvchi qit’alari oshiqona mavzuda yozilgan.’’To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi’’ deb boshlanuvchi qit’asi esa hasbi hol tarzida bitilgan.
Shoir qit’anavislikda o‘z badiiy mahoratini ifodalashda,so‘z qo‘llashda o‘ziga xos badiiy uslubini namoyon qila olgan.

Yüklə 102,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin