O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21/1-guruh talabasi Ivodullayeva Gulchehraning


To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi



Yüklə 102,3 Kb.
səhifə12/16
tarix17.05.2023
ölçüsü102,3 Kb.
#114906
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Gulchehra

To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi ,
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir manga.
Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim,
Shukrillahkim,kelur bir-bir manga.(351-bet)
Bu qit’a shoirning o‘z hayotidan mamnunligini,hayot yo‘lida hamma narsa izga tushib, asta-sekin o‘zgarib borayotganini bayon etadi.Shoir bu uchun Allohga shukrlar keltiradi va bu orqali o‘zining solih shaxs ekanligini ham namoyon etib boradi.Shoirning ma’shuqadan shikoyat etgan o‘rinlari ham mavjud.
Furqatingdin bo‘lmisham zoru zaif,
Tengri uchun, mundin ortiq qilma zor.
Chun mening qonimni to‘ktung hajr ila,
O‘z eshiging tegrasinda qil mazor.(351-bet)
Bu qit’ada ma’shuqa hajrida ado bo‘lgan oshiq yorning bu jabrini tugatishini so‘raydi.Yorning o‘zi uchun tugatmasa-da, Alloh uchun tugatishini so‘raydi.Oshiq sevgi va sadoqat bobida shunchalik yaktoki,yor hajrida bu dunyoni tark etsa ham ma’shuqa eshigini o‘ziga mozor qilishni istaydi.Oshiq yor hajrida qancha qon to‘kmasin, baribir ma’shuqa uchun jonini fido qilaveradi.
Darhaqaqiqat,shoir qit’alari mavzular olami rang-barang va beqiyos. Lutfiy qit’alarida yorga oshiqlik,vafo,sadoqat,hajr azobi,yordan shikoyat,o‘z hayotidan mamnuniyat,shodlik,quvonch kabi mavzular yoritilgan.Shoir qit’alari yuksak badiiyat namunalaridir.
2.2.Shoirning qit’anavislikdagi badiiy mahorati
Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri nutqqa bezak beruvchi san’atlar,ularning o‘ziga xos jihatlari,fikrni go‘zal mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha ‘’ilmi badi’’ bo‘lib,uning asosini mumtoz she’riyat,ba’zan nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qo‘llanilayotgan badiiy san’atlar tashkil qiladi.Shundan kelib chiqib,ilmi badi’ ‘’sanoyi ilmi’’ deb ham yuritiladi.
“Ilmi badi’ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo‘lib,ularga Ibn Mu’tazning ‘’Kitob ul-badi’’’ (9asr) ,Nasr binni Hasanning ‘’Mahosin ul-kalom’’(9-10asrlar),Qudama ibn Ja’farning ‘’Naqd ush-she’r’’(10asr) asarlari kiradi.Ilmi badi’ fors-tojik adabiyotshunosligida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi.Umar Roduyoniyning ‘’Tarjimon ul-balog‘a’’ (9asr),Rashididdin Vatvotning ‘’Xadoyiq us-sehr’’(12asr),Shams Qays Roziyning ‘’Al-mo‘jam’’(uchinchi qism,13asr),Vohid Tabriziyning ‘’Jam’i muxtasar’’(16asr) kabi asarlari shu sohaga bag‘ishlangan mumtoz asarlar sifatida alohida ahamiyatga ega.Turkiy tilda ilmi badi’ masalalari nazariy jihatdan aks etgan dastlabki asar sifatida Shayx Ahmad Taroziyning ‘’Funun ul-balog‘a’’ (1436-1437) risolasini keltirish mumkin.Risolaning uchinchi qismi badiiy san’atlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib,unda 97 san’at turi haqida so‘z boradi.
Ilmi badi’ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Husayniyning ‘’Badoyi’ us-sanoyi’’ (15asr) risolasi bo‘lib,unda ilmi badi’ tarixida ilk marta badiiy san’atlar uch katta guruhga: ma’naviy,lafziy va mushtarak san’atlarga ajratilgan.’’24
O‘zbek adabiyotida keyingi davrda bu borada ko‘plab tadqiqotlar qilindi,o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.Y.Is’hoqovning ‘’So‘z san’ati so‘zligi’’,A.Hojiahmedovning ‘’Mumtoz badiiyat malohati’’,’’She’riy san’atlar va mumtoz qofiya’’,’’She’riy san’atlarni bilasizmi?’’kitoblari va T.Boboyevning ‘’She’r ilmi ta’limi’’kitoblari
shular jumlasidandir.Badiiy san’atlar masalasi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi.Bu masala qancha o‘rganilmasin,tadqiqotlar davomida yangi-yangi qirralari ochilib boraveradi.Biz bu ishimiz orqali Mavlono Lutfiy qit’alarida qo‘llangan lafziy san’atlarni tadqiq qilishga harakat qilamiz.
“Lafziy san’atlar nutqning ifoda usuli,xususan so‘z shakli bilan aloqador san’atlar bo‘lib,Atoulloh Husayniy ular sirasiga tarsi’,tajnisli tarsi’,tajnis,radd(qaytarish)san’ati va uning turlari,qalb va uning turlari,saj’,tashtir,tajziya,tasri’,tasmit,aks,tardid,tashri’,zulqofiyatayn,tavshih,talavvun,mulamma’,muqatta’,muvassal,jam’ ul-huruf,mudavvar,mushokala va boshqa san’atlarni kiritadi.Olimning fikricha,lafziy san’atlar ijodkor yetkazmoqchi bo‘lgan fikrni yuksak badiiy shaklda ifodalashga xizmat qilishi kerak.’’25
Atoulloh Husayniy lafziy san’atlarni barcha go‘zalliklarning asosi deb ta’riflaydi. Lafziy san’atning asosi shuki, so‘zlarni ma’noga tobe qiladi. Umuman aytganda esa, nutq shunday bayon etiladiki, ma’noni tushunishga, uning latofatiga,tarkibi va sog‘lomligiga hech bir xalal bermaydi. Lafziy san’atlar ko‘p va xilma-xildir.
“Mumtoz she’riy san’atlar Z.Mamajonov tomonidan ham tasnif qilingan bo‘lib, olim ularni yuzaga kelish asosi nuqtai nazaridan 12 guruhga ajratadi. Uning tasnifida lafziy san’atlar asosan takror asosidagi san’atlar (tajnis,tavzi’,ishtiqoq,radd(qaytarish),tardu aks,tardid,taattuf,mukarrar,takrir,radd ul-matla’,tarji),ohangdoshlik(qofiyadoshlik)asosidagi san’atlar (tarsi’,saj’,mumosala,tashtir,tajziya,tasri’,tashri’,e’not va b.),shakl o‘yinlari asosidagi san’atlar (tavshih,talavvun,tarofuq,murabba’,mu’aqqad,mudavvar,mushajjar va b.),yozuv asosidagi san’atlar (istihroj,musahhaf,tajnisi xat,qalb,muqatta’,muvassal va b.)degan guruhlar tarkibida o‘rganilgan.’’1
Turli xil tasniflarning ijobiy jihatlarini e’tirof etgan va umumiy tarzda ulardan foydalangan holda Lutfiy qit’alari tahlili davomida asosiy manba sifatida Atoulloh Husayniyga suyanamiz. Bundan tashqari, biz o‘z ishimizda Anvar Hojiahmedovning ‘’She’riy san’atlar va mumtoz qofiya’’,’’Mumtoz badiiyat malohati’’ asarlaridan ham unumli foydalanishga harakat qildik.

Yüklə 102,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin