Tajnis. Lug‘atda’’ biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq ‘’degan ma’noni anglatadi. Ya’ni ikki yoki undan ortiq so‘zning nav va turlari bayon etilgan ko‘rinishlardan birida bir-biriga o‘xshamoqdir. U ikki turlidir: lafziy jins va g‘ayri lafziy jins. Garchi, ba’zi hollarda bular qo‘shilsa ham, aslida o‘rni bilan bir biridan ajralib turadi.
Tajnislar so‘zlarning shaklan bir xilligi yoxud yaqinligiga ko‘ra ikki turlidir. Ikki so‘z ham unli, ham undoshlari jihatidan bir-biriga to‘la mos bo‘lib tushsa, bu xil tajnislarni tajnisi tomm, ya’ni to‘liq tajnis deb yuritiladi. Bunday tajnislar bir xil yoki ikki xil so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra mumosil va mustavfiy tajnislarga bo‘linadi. Aynan shakldosh ikki so‘z bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘lsa,mumosil tajnisni, ikki xil so‘z turkumiga mansub bo‘lsa, mustavfiy tajnisni hosil qiladi.
Bermagil derlar vafosizg‘a ko‘ngul Kim,aning no‘shindin ortuq neshi bor. Uzmagaymen la’lidan o‘lsam umid, Jon mening jonim,kishining neshi bor(351-bet) Shoirning ushbu qit’asidagi ‘’neshi’’ so‘zlarining biri ot so‘z turkumida bo‘lsa,biri birikma tarzida ifodalangan butunlik shaklida namoyon bo‘ladi.Birinchi misradagi neshi so‘zi ‘’nish ya’ni insonga zarar yetkazuvchi a’zo‘’,ikkinchi misradagi neshi so‘zi esa ‘’nima ishi bor’’ ma’nosini bildiradi.Bu ikki so‘z ikki turkumga mansub bo‘lgani uchun mustavfiy tajnisi tomm hisoblanadi.
Tajnisi murakkab.Tomm (to‘liq) tajnislarning bir turi murakkab (tarkibli) tajnis deb ataladi.Bu xil tajnislarda shakldosh so‘zlarning biri bir so‘zdan , boshqasi ikki so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.
Ey qaroqchi ko‘zli dilbar,o‘yla bil, Jon ayoman sen kibi jononadin. Husnu lutfu suratu ma’ni bila Tug‘magay sentek yana jon onadin.(352-bet) Lutfiy ushbu qit’asidagi ‘’jonona’’ va ‘’jon onadin’’ so‘zlari o‘z tarkibiga ko‘ra murakkab tajnisi tommni yuzaga keltirgan.Tajnisi tommning bu ko‘rinishi ayniqsa tuyuq janridagi asarlarda keng qo‘llanadi.Bunga Lutfiy ijodidagi ko‘plab tuyuqlarni misol keltirishimiz mumkin.Shoirning badiiy mahorati bu badiiy san’at turini qit’alari tarkibiga ham ustalik bilan singdira olgan.
Tajnisi zoyid. Tajnisi zoyid ‘’orttirilgan tajnis’’ ma’nosini bildiradi.Bu xil tajnislarda shaklan o‘zaro yaqin so‘zlarning birida bir-ikki harf bo‘ladi,shu harflar tushirib qoldirilsa,so‘zning qolgan qismi ikkinchi so‘zga harf jihatdan mos tushib tajnisi tomm hosil qilishi mumkin.Tajnisi zoyidlarda so‘z boshi,o‘rtasi yo oxirida bir emas,ikki harf ortiqcha kelishi ham mumkin.Chunonchi shoirning