Bermagil derlar vafosizga ko‘ngul, Kim aning no‘shindin ortiq neshi bor. Uzmagaymen la’lidin o‘lsam umid, Jon mening jonim,kishining neshi bor.(351-bet)2 Ushbu qit’a Lutfiyning mashhur qit’alaridan biri sanaladi.Uning mazmuni quyidagicha: vafosizga ko‘ngil bermagil chunki,uning vasliga yetmoqchi bo‘lsang,(nesh) achchiq og‘udan boshqa narsa topmaysan deydilar.Lirik qahramon esa o‘z maqsadida sobit turib olgan. O‘lsamam ma’shuqa visolidan umid uzmayman jon meniki odamlarning nima ishi bor?Shoir bu qit’ada nesh so‘zini 2xil ma’no ( zahar ,o‘g‘u va nima ishi) da qo‘llab,so‘z tanlashdagi yuksak iqtidorini namoyon eta olgan.Ya’niki, bu tajnis so‘zlar vositasida shoir qit’aning badiiy darajasini yanada oshirgan.
Shoir qit’alarida har bir kichik detalgacha e’tibor bilan yondashgan ,ya’niki, Lutfiy lutfidan har bir misra lutf topgan.
Shoir ijodida ishq-muhabbat mavzusi doimo yetakchilik qilib kelgan.Lutfiy she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bir mavzu zamiriga yana bir mavzuni ustalik bilan singdirishdan iborat.Masalan:
Aqlu jonning ofati,din g‘orati, Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur. Ketmadi savdosi hargiz boshtin, Rost ayturlarki, ‘’Davlat boshdadur’’.(351-bet) Bu qit’a bir qarashda ishq –muhabbat mavzusidagi she’rga o‘xshab ketadi.Ammo uning mohiyatiga chuqur e’tibor berilsa,qit’a tarkibiga kiritilgan “Davlat boshdadur’’masali zamirida bir qancha mazmun ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin.Aql va jonga ofat keltiradigan,dinni vayron qilish ko‘z bilan qoshning odatidir.Yor savdosi boshdan hech ketmaydi,’’Davlat boshdadur’’deb rost aytadilar.’’Davlat boshdadur’’ maqoli ‘’Aql va davlat boshda’’maqoliga teng keladi.Hamma narsa insonning aqlidan quvvat olib o‘sadi.Davlat,boylikning inson qo‘lida to‘planishi aql mahsulidir ya’ni davlat aql bilan to‘planadi.Shoir bu qit’ada yor vasli orzusi bilan birga ijtimoiy mavzularni ham singdirib o‘tadi.
Shoir qit’alarida o‘z hayoti bilan bog‘liq shodlik ,xursandchilik holatlarini ham yuqori pafosda namoyon etadi.