OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI YOʻNALISHI ____________guruh talabasi ________________________________________________ning “__________________________________” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu:Alohida olingan so‘zlar
Topshirdi: __________________ Qabul qildi: __________________ Toshkent – 2023
Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3 I BOB So‘z turkumlari………………….………………………………………...5 1.1 O‘zbek tilidagi so‘z turkumlari.……....……………………………....………..5
1.2 Sifat va fe’l so‘z turkumlari………..…...…………………………....................8
II BOB Oraliqdagi so‘zlarning turlari..………………………………..………14 2.1 Oraliqdagi so‘zlar haqida ma’lumot...……………………………....………...14
2.2 Undov taqlid modal so‘zlar..…………………...……………………………22
Xulosa…………………………………………………………………………….26 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………27
Kirish Mavzuning dolzarbligi: So‘zlar anglatiladigan umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratiladi. Tildagi so‘zlarning ma’no vazifalariga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumi deb yuritiladi. So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik-grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘z turkumlari- so‘zlarning so‘rog‘i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’nolari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisoblanadi. So‘z turkumlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Mustaqil so‘z turkumlari -atash va umumiy grammatik ma’noga ega bo‘lib, biror so‘roqqa javob bo‘ladigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe`l, va ravish kiradi.
Yordamchi so‘z turkumlari - atash ma’noga ega bo‘lmaydigan, faqat grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan, so‘roq berib, bo‘lmaydigan so‘zlardir. Ular mustaqil so‘zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so‘zga va gapning mazmuniga turli qo‘shimcha grammatik ma’nolar qo‘shadi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, yuklama, bog‘lovchi kiradi.
Oraliqdagi so‘zlar (alohida olingan so‘zlar) lug‘aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlardir. Ular mustaqil va yordamchi so‘zlarning har ikkalasiga xos belgilarni o‘zida aks ettiradi. Bularga modal so‘zlar, taqlid so‘zlar va undov so‘zlar kiradi.
Shuni ham ta`kidlash joizki, tilimizdagi ba`zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi.