“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
mirzayeva z metodika

3) Meta-kognitiv qarashlar 
Mutolaa jarayoni ilmiy tahlilidagi meta-kognitiv qarashlarAdams 
(Adams)

Kollins 
(Collins)
, Anderson 
(Anderson)
, Pirson 
(Pearson)
, Garner 
(Garner)
va 
boshqalarning izlanishlari natijasida shakllandi va hozirgi paytga kelib asosiy 
nazariya sifatida qabul qilinib, aksar mamlakatlarda adabiyot ta‘limining poydevori 
bo‗lib xizmat qilmoqda.
Meta-kognitiv qarashlar
o„qish va o„qilgan matnni tushunishning 
interaktivligi (interfaolligi) 
tamoyiliga asioslangan. Ushbu tamoyilga ko‗ra, 
o‗quvchi (uning hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, bilimlari, o‗qiyotgan paytidagi 
emotsional holati, kontekst, vaziyat) va matn (tovushlar ohangi, alohida olingan 
so‗zlar ma‘nosi, matnning sintaktik va semantik qurilishi) mutolaa jarayonida bir-
biriga o‗zaro ta‘sir qiladi va o‗quvchi matn ustida ishlash jarayonida ma‘noni o‗zi 
yaratadi
28
.Bunda o‗qish ham ―tepadan-pastga‖ va ham ―pastdan tepaga‖ jarayon 
sifatida ro‗y beradi: o‗quvchi bir paytning o‗zida yozilgan matnning kichik 
elementlaridan ma‘no yasaydi va o‗z bilimlariga tayanib, muttasil o‗z farazlarini 
yaratadi, ularni tasqiylaydi yoki inkor qiladi. O‗quvchi matnni o‗qish jarayonida 
qabul qilinayotgan yangi ma‘lumotni o‗z sxemasida mavjud bilimlar bilan muqoyasa 
qiladi va bu ma‘lumotga sxemasidan joy ajratib, uni o‗zlashtiradi.
28
Lesgold, A. M. and Perfetti, C. A. Interactive Processes in Reading Comprehension. // Discourse 
Processes, 1978, Vol. 1. Iss. 4.


 
O„qishning meta-kognitiv modeli
Meta-kognitiv qarashlar tarafdorlariga ko‗ra, o‗quvchi mutolaa jarayonida nima 
qilayotgani haqida mulohaza yuritadi, o‗zini o‗zi 
nazorat qiladi, boshqaradi
va bu 
nazorat (nazariyada meta-tushunish, inglizcha 
meta-cognition
deb ataladi) bevosita 
tushunish jarayoniga ta‘sir qiladi
29
. Matn bilan ishlash jarayonini boshqarish uchun 
o‗quvchi

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin