- guruh bo‘lib ishlashadi va guruhning har bir a‘zosining o‘z vazifasi bo‘ladi;
- nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlardan ham olgan bilim va ko‘nikmalari
qo‘llashadi;
- ijodiy qobilyatlarini ishga solishadi;
- konkret bir mahsulot yaratishadi.
Asarni yoki uning
bir qismini sahnalashtirish, asar asosida boshqa asar (she‘r,
rasm, ssenariy, saundtrek, asarning kino variantiga reklama plakati va hokazo)
yaratish, asar
asosida taqdimot, gazeta yoki jurnal tayyorlash, asar asosida viktorina
o‘tkazish, asar muallifi (qahramoni) bilan xayoliy intervyu o‘tkazish
singari
topshiriqlar kulminatsion topshiriqlarga misollar bo‘lishi mumkin. Abdulla
Qahhorning ―Adabiyot muallimi‖ hikoyasida Hamida aytgan Chexovning "Uyqu
istagi" asari asosida go‗dakni o‗ldirgan qizni sud qilish
jarayoni kulminatsion
topshiriqning bir namunasidir.
O‗qish davomidagi va o‗qib bo‗lgandan keyingi topshiriqlar o‗quvchilarni
kognitiv qobiliyatlarning
Blum taksonomiyasi bo„yicha quyi bosqichlaridan
yuqori bosqichlariga
olib chiqishi lozim.