3. Ekstrinzik motivatsiya beruvchi faktorlarning
qiymatini oshirish
O‗quvchilar qilingan harakatlari uchun rag‗batlantirilishlari lozim, shu bilan
birga, eng yuqori rag‗batga erishish hech qaysi o‗quvchi uchun oson bo ‗lmasligi
lozim. Ayrim o‗qituvchilar a‘lo baho olib yurgan o ‗quvchiga sifatsizroq bajarilgan
ishi uchun ham a‘lo baho qo‗yishga moyil bo‗ladilar, bu holat o‗quvchida ―nima
qilsam ham a‘lo baho olaverar ekanman‖ degan xulosaning shakllanishiga olib keladi
va o‗quvchining o‗z ustida ishlashga bo‗lgan motivatsiyasiga salbiy ta‘sir qiladi.
O‗quvchilar motivatsiyasiga va pirovardida adabiyot darslarining samarasiga
ta‘sir qiluvchi muhim faktorlardan biri darsning to‗g‗ri rejalashtirilishidir.
Dars rejasi – dars oldiga qo‗yilgan vazifalar, bu vazifalarni samarali amalga oshirish
yo‗llari (usullar va vositalar) hamda bu vazifalarning qay darajada bajarilganligini
tekshirish yo‗llari aks etgan o‗qituvchi uchun ―yo‗l xaritasi‖dir. Darsni samarali
rejalashtirish uchun quyidagilar aniqlab olinishi lozim:
- dars oldiga qo‗yilgan vazifalar;
- darsda qo‗llaniladigan metodlar;
- o‗quvchilarning tushunishini tekshirish strategiyalari.
Dars oldiga qo‗yiladigan vazifalar (o‗quvchilar dars jarayonida egallashi lozim
bo‗lgan bilim va ko‗nikmalar, rivojlantirilishi ko‗zda tutilgan kompetensiyalar)
aniqlashtirib olingandan keyin bu vazifalarni amalga oshirishga yordam beradigan
metodlar tanlanadi va dars oldiga qo‗yiladigan vazifalarga qay darajada
erishilganligini tekshirish yo‗llari belgilab olinadi. Umuman olganda,
ta‟limiy vazifalar, o„qitish metodlari va baholash usullari o„rtasidagi bog„liqlikni ta‟minlash ta‘lim jarayonining muhim shartlridan biridir.
Darsning tarkibiy elementlari O‘quvchilarim nimani
o‘rganishini xohlayman?
O‘quvchilarim samarali
o‘rganishi uchun qanday
metodlarni qo‘llayman?
O‘quvchilarim samarali
o‘rganishligini qanday
nazorat qilaman?