“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
mirzayeva z metodika

3. Qo„llash 
- o‗quvchi ma‘lumotni 
yangi hayotiy vaziyatlarda 
qo‗llay oladi. 
Bu bosqichning asosiy xususiyatlari: 
- muammoli vaziyatlarni yecha olish; 
- asar qahramonlarini boshqa vaziyatlarga solib ko‗ra olish; 
- asarga o‗zgacha (alternativ) yakun bera olish. 
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar: 
- Asardagi muammoga boshqacha yechim toping. 
- Tasavvur qiling, siz asar qahramonlaridan birisiz. Hayotingizdagi bir kunni tasvirlab 
kundalik yozing.
- Asardagi bir voqea o‗zgarsa boshqa voqealar qanday rivojlangan bo‗lardi?
- Asar qahramoni boshqa vaziyatda qanday yo‗l tutgan bo‗lardi?
- Asardagi voqealar boshqa zamonda (makonda) sodir bo‗lsa nimalar o‗z gargan 
bo‗lardi? 
- Asarga boshqacha yakun yozing. Nega aynan shunday yakunlaganingizni izohlang. 
- Asardagi voqealarga o‗xshash voqealar sizning hayotingizda sodir bo‗lganmi? 


- Siz qahramonning o‗rnida bo‗lganingizda nima qilardingiz? 
- Asar qahramnidan (muallifidan) intervyu oling. 
Yuqori 
darajagi ko‗nikmalarga quyidagilar kiradi: 
4. Tahlil
- o‗quvchi murakkab tushunchani kichikroq qismlarga 
ajrata oladi 
va 
qismlar orasidagi bog‗liqliklarni izohlab bera oladi. Bu bosqichning asosiy 
xususiyatlari: 
- asarni qismlarga yoki tarkibiy elementlarga (ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya, 
yechim) ajrata olish
- asarning asosiy g‗oyasini aytib bera olish; 
- yashirin (ochiq aytilmagan) fikrni topa olish. 
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar: 
- Asardan uning asosiy g‗oyasini ochib bera oladigan uchta so‗z toping. 
- Asar qahramonlarining asosiy xususiyatlaini toping. 
- Asarni qismlarga bo‗ling. Har bir qismga sarlavha toping. 
5. Sintez 
- o‗quvchi o‗rgangan narsalari asosida 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin