“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98
mirzayeva z metodika

MUSTAQIL ISH 
Nazar Eshonqulning 
“Maymun yetaklagan odam” 
hikoyasini o‗qing. Hikoya 
asosida O‘qishdan oldin, O‘qish davomida va O‘qishdan keyin bajariladigan 
topshiriqlar tuzing. Bunda quyidagilarga e‘tibor berishni tavsiya qilamiz: 
1. Asarni o„qishdan oldin: 
a) 
Asarning asosiy g‗oyasi nimada deb Oylaysiz? O‘quvchilarni shu g
ʻ
oyani 
tushunishga tayyorlash uchun qanday savol va topshiriqlar berasiz? 
b) 
Boshqa fanlardan (tarix, tasviriy san‘at va hokazo) qanday ma‘lumotlar asarni 
tushunish uchun zarur yoki asarni tushunishga yordamm beradi deb o‗ylaysiz? Bu 
ma‘lumotlarni o‗quvchilarga qanday yetkazasiz? 
2. Asarni o„qish davomida: 
a) 
Asarning muhim, tugunli nuqtalarini aniqlang. Shu nuqtalarni o‗quvchilar 
yaxshiroq tushunishlari uchun qanday savol va topshiriqlar berasiz? 
b) 
O‗qish davomidagi topshiriqlarda kognitiv qobiliyatlarning qaysi bosqichlarini va 
qanday qilib qamrab olasiz? 
3. Asarni o „qishdan keyin: 
a)
O‗qishdan keyingi topshiriqlarda kognitiv qobiliyatlarning qaysi bosqichlarini va 
qanday qilib qamrab olasiz? 
b)
Asarni tushunish va tahlil qilishga yordam berish uchun qanday nazariy 
ma‘lumotlar kerak deb o‗ylaysiz? Bu nazariy ma‘lumotlarni asar bilan qanday 
bog‗laysiz? 
c)
Asarni o‗quvchi hayoti bilan qanday bog‗lash mumkin? 
d)
Asar asosida adabiyotning boshqa fanlar bilan integratsiyasini qanday ta‘minlash 
mumkin? 


BLUM TAKSONOMIYASI ASOSIDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB 
CHIQISH:
YIGIRMA YILDAN SO‟NG” HIKOYASI BOYICHA NAMUNAVIY SAVOL 
VA TOPSHIRIQLAR 
O‟Genri (1862 - 1910) 
Asl nomi Uilyam Sidni Porter bo‘lgan 
amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi
noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, feletonlar yozishni 
mashq qilgan (1896 yilgacha), qamoqdaligida (1897—1901) 
yozgan hikoyalarini O‘Genri taxallusi bilan yashirin chop 
ettirgan. 
1904—10 yillarda 9 novellalar to‗plami («Yonayotgan sham», 
«G‗arb qalbi», «Yoqimtoy o‗g‗ri» va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. 
«Qirollar va karam» (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil 
topgan. 
O‘Genri amerika hikoyachiligining o‗ziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, 
kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning ko‗p ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning 
oddiy mehnatkash — «kichik inson»ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni 
madh etish va boshqa O‘Genri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi («To‗rt 
million», 1909). Asarlari o‗zbek tiliga tarjima qilingan. G‗afur G‗ulom («Mening 
o‗g‗rigina bolam»), Abdulla Qahhor («Anor») va boshqalar o‗zbek hikoyachiligini 
O‘Genri ijodining ilg‗or tomonlari bilan boyitganlar

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin