ZAMON SHAKLLARINING GAP QOLIPLARINING KENGAYISHI Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi va ular zamon qo‘shimchalari hisoblanadi.
O‘tgan zamon
-di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b), -gan edi, -gan ekan qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan fe’llarga o‘tgan zamon fe’llari deyiladi.
O‘tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi.
Masalan: — Ehtimol, — dedi Otabek va nima uchundir g‘ayri-ixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzidabir o‘zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o‘zgarishdan Rahmat xabarsiz bo‘lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta’qib etar edi. Bu ta’qib Otabekdagi haligi o‘zga-rishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to‘g‘rida bir mulohaza aytish, albatta mumkin emas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar. (‘’O’tgan kunlar’’)
Hozirgi zamon shakli o`zaro ma’noviy emas, uslubiy qo`llanishi bilan farqlanadi. Hozirgi zomon shakllarining barchasi uchun xos bo`lgan muhim xususiyat ularning davomiyligi. Harakat o`tgan zamonda boshlanib, kelasi zamonda tugaydi. Shu sababli manbalarda bu zamon hozirgi zamon davom fe’li, ba’zan hozirgi kelasi zamon ham deb yuritiladi.
SO'Z BIRIKMASI QOLIPLARINING NUTQIY KENGAYISHI So’z kengaytiruvchisi so’z semantik imkoniyatidagi bo’sh o’rinlarni to’ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so’z birikmalarini hosil qiladi. Bu birikuvchilarda bo’sh o’rinlari to’ldirilayotgan (biriktiruvchi) so’z hokim so’z, bush o’rinni to’ldirayotgan so’z tobe so’z sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so’zi olma so’zi zamiridagi ma‘noviy mohiyatning «belgi» ma‘no bo’lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo’lib, olma so’ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo’ladi. Demak, biror so’zga tobelanib kelayotgan so’z bo’sh o’rinni to’ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana aktantlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so’z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o’qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:
Bundagi uchta so’z bevosita konstruktiv bo’laklari voqelantiruvchidir. Bular: Jaxongir, tez, o’qidi. Faqat kitobni so’zi bevosita o’qi so’zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo’ladi. Bular Jahongir tez o’qigan kitobni men olaman tarzida o’zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo’laklari ifodalovchilari bo’lgan Salim, tez so’zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum bo’ladi. Ulardagi konstruktiv bo’laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so’z kengaytiruvchilikka aylanadi. Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi Pm ga daxldorlik kasb etib turgan Jahongir va tez so’zlari kesimdagi atov birligi (W) kengaytiruvchisi bo’lgan kitobni so’zshaklining aktanti hisoblangan o’qigan so’zining kengaytiruvchilaridir. Ko’rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat Pm ga bog’langan hokim uzv o’rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap tarkibidagina bo’ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko’rinishida bo’lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo’ladi.