O'zbek tilida sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar


O'ZBEKI TILSHUNOSLIGIDA UYUSHGAN GAPLARNING ILMIY TAVSIFI



Yüklə 39,73 Kb.
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü39,73 Kb.
#185935
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEK TILIDA SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI KATEGORIYALAR

O'ZBEKI TILSHUNOSLIGIDA UYUSHGAN GAPLARNING ILMIY TAVSIFI
O’zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog’liq uchta hodisa mavjud:
Gapda uyushgan so’zshakllar
Qo’shma gapdagi uyushiq gaplar
Uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo’lib, sodda gapga ham, qo’shma gapga ham xosdir. Sodda gapda so’zshakllar uyushib kelsa, qo’shma gapda so’zshakllar, sodda gaplar uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo’ladi:
Uyushtiruvchi unsur.
Uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo’ladi.
Xo’sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi?
Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan bo’lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo’lib, bu kesim WPm (kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional shakllangan gap) tarzida bo’lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo’shma gaplarda esa birdan ortiq bo’ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E +WPm]
2.Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko’rar edi gapining qolipi esa quyidagicha: [E+WPm] va [E+WPm]
Ko’rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o’zaro teng bog’lovchi yordamida bog’langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik:
Ukam rasm chizar va singlim televizor ko’rar edi. Bu oldingi
gapimizdagi kesimlarning W qismlari o’zgarmasdan saqlanganligi va Pm qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va Pm bitta bo’lib, u ikkita W uchun ham umumiydir.
O'zbek tilshunosligida sodda gaplarning ilmiy o'rganilishi
Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qarama qarshi qoʻyiladi.
Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gap tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi... Samarqand. Registon maydoni...).
Sodda gap yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq Sodda gap bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq Sodda gap bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).

Yüklə 39,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin