O’zbek tilida so’z tukumlari xudayberganova Guliyor Saidnazarovna



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix04.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#93237
1   2   3   4   5
o-zbek-tilida-so-z-tukumlari

ko'makchi, bog'Iovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so'zlar lug'aviy ma'no 
anglatmaydi. Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani 
tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so'zlarning ham o'ziga xos o'rni bor. Binobarin. 
ular so'z va gaplarni o'zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko'makchi), so'zva gaplarni 
o'zaro bog'laydi (bog'lovchi), so'zlarga, ba'zan gapga qo'shimcha ma'no beradi 
(yuklama). Shunga ko'ra yordamchi so'zlar ham til tizimidagi o'ziga xos xususiyatlari 
mavjud bo'lgan so'zlardir. 
Modal so'zlar. So'zlarning fikrga yoki fikrning borliqqa bo'lgan munosabatini 
ifodalaydi. Garchand, modal so'zlar lug'aviy ma'no bildirmasa-da, turli modal 
ma'nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish 
so'z, yoki kirish gap vazifasida keladi. Modal so'zlar ma'no ifodalashi (modal ma'no 
bo'lsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish so'z bo'lsa ham) jihatidan yordamchi 
so'zlardan alohida ajratib tursa-da, gap bo'lagi bo'la olmasligi jihatidan yordamchi 
so'zlarga yaqindir. 
Undov so'zlar so'zlovchining his-tuyg'ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, 
haydash-chaqirishning atamasi bo'lmasa ham ularning ifodasi bo'la oladi. Masalan, 
oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni 
anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir. 
Taqlidiy so'zlar tovushga, holatga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid 
asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g'uj-
g'uj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunchalarni olib keladi. Ular gapda biror gap 
bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov va taqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga 
ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin. Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham, 
o'zi mustaqil so'z-gap shaklida ham keladi. Biroq, bu so'zlarda mustaqil 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin