Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari


Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish shu asar asosida testlar tuzish



Yüklə 290,02 Kb.
səhifə7/11
tarix13.05.2023
ölçüsü290,02 Kb.
#113130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular

Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish shu asar asosida testlar tuzish.

Nostandart testlarning mazmuni va turlari.


Nostandart testlar mazmuni bo’yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig’i savoli va to’g’ri va noto’g’ri javoblardan iborat bo’lsa,nostandart testlar o’zining mazmuni,tuzilishi va qo’llanish maqsadiga ko’ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Integrativ testlar;
Adaptiv testlar;
Mezonli-mo’ljal olish testlari.
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib boruvchi, bitiruvchining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, oquvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’ladi. Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo’llanish maqsadiga ko’ra: o’rtacha og’irlikdagi, oquvchining tanlashiga ko’ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo’lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo’llanishi mumkin.Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo’lim, kurs mazmuni bo’yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lishi lozim.Mezonli-mo’ljal olish testlari oquvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur fanning o’qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o’quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko’nikma va malakalar aniqlanadi,ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o’tkaziladi, pirovard natijada oquvchilarning shu fanni o’zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi. Mezonli-mo’ljal olish test sinovlari orqali oquvchilarning bilimlaridagi bo’shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo’llari aniqlanadi. Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni oquvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o’rinni egallaydi.Shu sababli,test topshiriqlari mazmunini tanlash printsiplari haqida fikr yuritish lozim.
Test topshiriqlariga qo’yiladigan talablar:
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
Test topshirig’i mazmunining to’g’riligi;
Savolning mantiqiy jihatdan to’g’ri tanlanishi;
Test topshirig’i shaklining to’g’riligi;
Test topshirig’ining savol va javobning qisqaligi
Test topshirig’i elementlarining to’g’ri joylashganligi;
Test topshirig’ining to’g’ri javoblari bir xil baholanishi; O`quvchilarga test topshirig’ining bajarish bo’yicha bir xil ko’rsatma berilishi;
Ko’rsatmalarning test topshirig’i va mazmuniga mosligi.



Yüklə 290,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin