Publitsistik nutq uslubiPublitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men tanlagan soha va AV” mavzusida esse yozish.
Publisistik uslub (gazeta tili)ning lingvistik xususiyatlari
Bu sahifa navigatsiya:
. 1. Xabar
2. Maqola
1Lavha. 2. Ocherk
Badiiy uslubning organilishi va ayrim lingvistik xususiyatlari 18
Sorma
Soyla
Sarlavha funksiyasi
1.2. Publisistik uslub (gazeta tili)ning lingvistik xususiyatlari
Ozbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus organildi17. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada “publisistika janrlari”, “gazeta janrlari” terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham “publisistika janrlari” terminining qollanishi mustahkam ornini egallagan. Lekin ozbek tilshunosligida “gazeta janrlari” termini hozirgacha ozining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u “publisistika janrlari” termini bilan birga parallel qollanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar boyicha aniq oz tasnifiga ega emas. Ozbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar boyicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.
Rus tilshunosligida gazeta materiallari janrlari boyicha aniq tasnifiga ega24. Ozbek vaqtli matbuotida ham XX asr boshidan janrlar yuzaga keldi. Vaqtli matbuot rivojlanishi bilan janrlarning oziga xos xususiyatlari, farqli tomonlari, yangi turlari paydo boldi va taraqqiy etdi. Janrlar haqida fikr yuritilganda, ozbek tilshunosligida “publisistik janr” deyiladimi yoki “gazeta janri”mi, bundan qat’iy nazar, ularning miqdori, toliq turlari haqida aniq tasnif yoqligi bu sohadagi ishni ancha murakkablashtirdi.
“Gazeta tili”, “Gazeta janrlari uslubiyati” maxsus kurslari dasturi hamda “Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)” kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda ozbek tilshunosligida “gazeta janrlari”ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim25.
T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib korsatilgan26. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq27.
S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmogi – gazeta publisistikasi janri sifatida quyidagilarni korsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha28.
Ozbek badiiy publisistikasining xususiyatlari togrisida qator tadqiqotlar yaratgan O.Togayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida baholagan edi. U oz tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib korsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bolishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir29.
Felyeton janrining tarixi, uning ozbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u “matbuot janri”, “satirik janr”, “satirik-publisistika janri” terminlari ostida baholangan. Orni bilan “adabiy va badiiy publisistika janrlari” termini ham qo`llanilgan.
“Matbuot janrlari” sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qollagan bolsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish mumkinligini ham korsatadi30.
A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib korsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi31.
Keyingi paytlarda ozbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam orin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni oz tasnifida qayd etgan32.
G.Gafurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha”33.
Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali obrazli tarzda ta’sir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, “informasion” yoki “axborot” janrlari, “badiiy-publisistik janr”, “analitik janr” terminlarini ishlatganlar.
A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida organilgan: 1. AXBOROT (INFORMASION) JANRLARI. 1. Xabar: xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi (2-jadval).
TAHLILIY (ANALITIK) JANRLAR: 1. Korrespondensiya: axborot korrespondensiya, tahliliy korrespondensiya, muammoli korres-pondensiya, ijobiy korrespondensiya, tanqidiy korrespondensiya, portret korrespondensiya, mulohaza-korrespondensiya. 2. Maqola: bosh maqola, nazariy maqola, muammoli maqola, tanqidiy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, ilmiy-ma’rifiy maqola. 3. Taqriz. 4. Sharh: umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharhi, matbuot sharhi. 5. Obzor: mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot obzor. 6. Xat: gazetxon xati, ochiq xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati. 7. Kuzatish: umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish (3-jadval).
III. BADIIY-PUBLISISTIK JANRLAR.1. Lavha. 2. Ocherk: ocherk-portret, (yol ocherki), muammo-ocherk, ocherk-lavha. 3. Felyeton: hujjatli felyeton (4-jadval).
Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida orni bor. Ozbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish boyicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini organishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan
Unda korsatilishicha, ozbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal soz va terminlar qollash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi orni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy sozlar, ozlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari organilgan muhim tadqiqotlar mavjud.
Publisistik uslubda gazeta tilining oziga xos orni va xususiyatlari bor. Gazeta tiliga xos belgilar sifatida K.Yusupov, A.Boboyeva, A.Abdusaidov quyidagilarni korsatishgan: 1. Gazeta tili yozma adabiy tildir. U oziga xos lingvistik belgilarga ega. 2. Gazetada barcha vazifaviy uslublarga oid materiallar bosiladi. Ayrim materiallarda ular qorishiq holda keladi. Bu gazeta tilining oziga xos ususiyatlaridan hisoblanadi. Boshqa vazifaviy uslublarga doir materiallar (m., she’r, hikoya, badiiy asardan parchalar, farmon, qaror kabilar), agar gazeta materiallariga singdirilmagan bolsa, oz uslublari doirasida organilishi lozim, ya’ni u gazeta tiliga aloqador bolmaydi. 3. Gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi. Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan oz orni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi. 4. Gazeta tili badiiy, sozlashuv uslublari tiliga yaqin turadi, ilmiy, rasmiy uslublar tilidan farq qiladi. 5. Gazeta tili uchun standart (andoza) va shtamp (qolip)lardan foydalanish xarakterlidir.6. Gazeta tilining oziga xos xususiyati uning informativlik (axborot berish), tashkilotchilik, targibot va ta’sirchanlik kabi vazifalaridan kelib chiqadi. Til vositalaridan foydalanishda gazeta tiliga xos ana shu xususiyatlar hisobga olinadi. 7. Gazeta tilida ekspressivlik oziga xos tarzda ifodalanadi. Ta’sirchanlikni ta’minlashda ommaviylik, obrazlilik, emotsionallik va ekspressivlik, aniqlik va konkretlik, ixchamlik, munoza-ralilik kabilar alohida e’tiborga olinadi. 8. Gazeta janrlarida tilning imkoniyatlaridan foydalanish holati bir-biridan farq qiladi. Axborot, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda lugaviy, frazeologik, grammatik vositalarning ekspressiv-uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish oxshash va farqli tomonlarga ega. Til vositalarining uslubiy xususiyatlaridan foydalanishda turli usullar ishlatiladi. 9. Gazeta tilida adabiy tilning imloviy, lugaviy, grammatik, punktuasion va uslubiy normalariga qat’iy amal qilinadi. Adabiy normadan chetga chiqishlar (ma’lum uslubiy maqsad uchun) lavha, ocherk, tanqidiy maqola, felyetonlar tilida uchraydi. Badiiy uslubda umumiy normaga rioya qilinsa, gazeta tilida adabiy norma doirasida ish koriladi. 10. Gazeta tili adabiy tilning, xususan uning leksikasining boyishiga hissa qoshadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-maishiy turmush bilan bogliq ozgarishlar dastlab gazetada aks etadi. Natijada yangi paydo bolgan yoki boshqa tillardan kirib kelgan sozlar gazeta orqali keng iste’molga kiradi. Gazeta lugaviy birliklar, ayniqsa, terminlarni ishlatishda «ijodiy laboratoriya» vazifasini otaydi. 11. Gazeta davr bilan hamohang, jurnalistlarning mahorati tufayli neologizmlar va okkazionalizmlar kop ishlatiladigan yozma manbadir. Tilimiz leksikasidagi ozgarishlarni aks ettirishda gazeta tili badiiy uslubga qaraganda katta imkoniyatlarga ega. 12. Gazeta tili yozma adabiy til sifatida ma’lum qonun-qoidaga, normaga boysunganligi va amaldagi imlo qoidalariga asoslanganligi uchun ham yuqori savodxonlikni korsatuvchi manba hisoblanadi.
Gazeta tili namunaviy til sifatida nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani targib etishda oziga xos kozgu vazifasini bajaradi. Undagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, gazeta tilining holatiga va til taraqqiyotidagi ozga-rishlarga tegishlicha baho berib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |