O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari va soha egalariing savodxonligi


Eslatma: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/5
tarix09.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#109909
1   2   3   4   5
MUTAXASSISLIKKA OID SINTAKSIS VA GRAMMATIK QOIDALARNING O’RNI VA AHAMIYATINI YORITIB BERISH

Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol — oluv, yoz — yozuv kabi;
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz — uzuq, yut — yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq,uchuriq, bulduriq(shuningdek bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
Xulosa
Og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, unlarda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga dialektal so‘zlar, oddiy muomalaga oid: zarar-zaral, zarur-zaril, dasturxon-dastarxon, devor-duvol,uch marta-uch matta, hech nima-hechtima, go‘zal-ketvorgan, ajoyib-quling o‘rgilsin; erkalov so‘zlari: ninicha, asalim, shakarim, girgitton, qoqindiq; dag‘al so‘zlar (varvarizmlar): papulya, mamulya, oke, xarasho, ladno, patom; haqorat so‘zlar (vulgarizmlar) juvonmarg, zantaloq, qizitaloq; jargonlar: mullajiring, xit, xarif kabi so‘zlar kiradi. Og‘zaki nutqqa oid leksika badiiy asarlarda personajlarning nutqida beriladi. Masalan: Nima qilib bu ezmachurukni sudrab yuribsiz, beti qursin! (S.Ahm.) Qizaloqlarim, qo‘llaring nuqul baraka ekan.(O.) Boy qizitaloq ham toza erinmasdan davlat yiqqan ekan. (G‘.G‘.)
2.Yozma nutqning uslubiy chegarlangan leksikasi kitob, jurnal, gazeta va shuning kabilarda qo‘llanadigan, umuman, yozma asarlar uchun xarakterli bo‘lgan so‘zlarning nisbatan turg‘un, barqaror, uslubiy bo‘yog‘i bo‘lgan yoki bo‘lmagan so‘zlarni taqozo etadi. Jumladan, rasmiy uslubga, poetik leksikaga, xalq dostonlariga, ommabop uslubga oid so‘zlar ma’lum darajada qo‘shimcha bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Shu bois mazkur uslublarga xos so‘zlar og‘zaki nutqqa oid so‘zlardan ajralib turadi. Masalan, saylamoq, majburiyat, modda, farmon, jarima, izoh, isbot, mazkur, shaxsan; cheksiz, buyuk, asl, dargoh; ijozat, burch, bevosita, tabrik, boshchilik, erishmoq; zangori, ajoyib, sokin, mayin, chehra, jamol, ishq; dilovar, ajdar, dev, zo‘ravon; kapital, ozodlik, ilg‘or, qoloq, , qardoshlik, do‘stlik, tinchlik va boshqalar.
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin