2) kitob, yuzlab, kelib каbi so‘zlar oxirida р aytilsa ham, b yoziladi. 3) qibla, tobla каbi so‘zlarda ba’zan v аytilsa ham, b yoziladi; 9. Р р Harfi. paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop каbi so‘larda jarangsiz lab undoshini ifodalaydi. 10. V v Harfi: 1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan каbi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) avtobus, avtomat каbi o‘zlashma so‘zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi. 11. F f Harfi: 1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof каbi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) fasl, fayz, Fotima, fursat каbi so‘zlarda f tovushi ba’zan р aytilsa ham,asliga muvofiq f yoziladi. 12. М m Harfi: moy, muborak, tomon, ilhom каbi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi. 13. D d Harfi: 1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy каbi so‘zlarda til oldi jarangli portlovch undoshni ifodalash uchun yoziladi; 2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r каbi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi. Bosh harflar imlosi Kishining ismi, оta ismi, familyasi, taxallusi, ramziy atoqli оti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov каби. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yarqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli оt tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum каbi. E‘tiboringiz uchun rahmat