O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
ÓTSQ qollanma

Qonun oldida hamma bir.
A) miqdor ma’nosi
B) teng ma’nosi
S) kuchaytirish ma’nosi
D) noaniqlik ma’nosi
Mustaqil ish
Badiiy nutq uslubi. O‘zbek she’riyati. “Bir she’r tarixi” mavzusida esse yozish
7-MAVZU. ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI
REJA:
1. Adabiy nutq va uning uslublari.
2. Ilmiy, badiiy, so‘zlashuv, rasmiy-idoraviy, publitsistik uslublar va ularning uslubiy
xususiyatlari. 


Tayanch so’z va iboralar: adabiy til, shevalar, so’zlasuv uslubi, affikslar, badiiy uslub, rasmiy
ish qog’ozlar uslubi, publitistik uslub, ijtimoiy hodisa, frazeologizm. 
Adаbiy til quyidаgi vаzifаviy uslublаrdаn tаshkil tоpаdi: so‘zlаshuv uslubi, bаdiiy uslub,
ilmiy uslub, publitsistik uslub, rаsmiy uslub.
O‘zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika – uslubshunoslik til
birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo‘llanishi,
nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi
imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud
bo‘lgan barcha vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish
zarurligini, ma’lum bir tipdagi forma, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‘llash muvofiq
ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli
stilistik qatlamlarida qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko‘ra, stilistika so‘z
san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir».
Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‘ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi
yo‘nalishlari mavjud:
Tilning leksik resurslarini o‘rganuvchi yo‘nalish.
Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik. Badiiy adabiyot uslublari. 
Amaliy uslubshunoslik mavzu nuqtai nazaridan bu o‘rinda bizni vazifaviy us-
lubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik,
grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‘z ehtiyojlaridan
kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo‘llaydilar. Tilimizdagi
vositalaming bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang-baranglik shunday yo‘l
tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy
chegaralanishini taqozo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni
tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani – vazifaviy
uslubshunoslikni vujudga keltirdi. 
Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi
hududda yashashidan qat’iy nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi.
Adabiy til har qanday tilning 
oliy shakli sanaladi va lug
at tarkibining boyligi,
grammatik qurilishining 
tartibga solinganligi
,  qat'iy me'yorlarga amal qilishi, uslubning
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum 
soha doirasiga
,
ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lum nutq
uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf
so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo‘llaniladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar,
bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlardir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin